«Bavariya» klubi prezidenti Gerbert Xayner «Real»ning hujumchi Maykl Olisega bo‘layotgan ehtimoliy qiziqishi haqida fikr bildirdi.
Bundan avvalroq, «qaymoqranglilar» vinger uchun 150 million yevro taklif qilishga tayyor ekanliklari haqida xabar berilgan edi.
«Olise — «Bavariya» futbolchisi, uning klub bilan uzoq muddatli shartnomasi bor. Biz futbolchilarini sotib kun ko‘radigan klub emasmiz. Agar Florentino Peres bizga taklif yubormoqchi bo‘lsa unga ovora bo‘lmaslikni maslahat bergan bo‘lardim», — deya Xaynerning so‘zlarini keltiradi «Bayern & Germany».
Olise 2024 yilning yozidan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. U 2025/26 yilgi mavsumda barcha turnirlarda jami 52 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.













