«Barselona» yozgi transfer oynasida markaziy hujumchi pozisiyasini kuchaytirishga harakat qiladi. «Ko‘k-anorranglilar»ning «Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn hamda Madridning «Atletiko» klubi a’zosi Xulian Alvaresga qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.
«Transfer News Live» nashrining «El Nacional»ga tayanib xabar berishicha, Kataloniya grandi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ingliz futbolchisining nomzodini qo‘llab-quvvatlamagan. Germaniyalik mutaxassis klubning argentinalik hujumchini sotib olishini afzal ko‘rmoqda, chunki u Alvaresni o‘z o‘yin tizimi uchun ideal hujumchi deb hisoblaydi.
Biroq Xulian Alvaresning transferini amalga oshirish juda qiyin kechadi, chunki «matraschilar» o‘z futbolchisi bilan xayrlashishni istamayapti. Xarri Keynni esa taxminan 80 million yevro evaziga sotib olish imkoniyati mavjud.













