Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

«Yuventus»ni «em» qilishga shaylanganlar

«Yuventus»ni «em» qilishga shaylanganlar

Baho:
+ | -

Shak-shubhasiz ayni damda futbol olamining eng intiqib kutilayotgan voqeasi Kardiffdagi finaldir. “Real” hamda “Yuventus” o‘zaro to‘qnash keladigan 3 iyun kunini ishqibozlar sabrsizlik bilan kutishayotgani bor gap. Xo‘sh, bu matchda Zinedin Zidan raqiblariga qanday sovg‘alar tayyorlab qo‘ygan? Uning qanday yashirin qurollari bor?

RAMOSNING OLTIN BOSHI

Gol urish borasida ayrim hujumchilarni ham ortda qoldiradigan Serxio Ramos asosiy gollarini boshi bilan kiritadi. U ikkinchi qavatda juda yaxshi harakat qiladi. Buni bir necha marta isbotlab bergan ham. Shubhasizki, agar imkoniyat tug‘ilsa, Buffonning ham “sehrli Ramoscha zarba” bilan sinab ko‘radi. Bu esa italiyalik posbonga mushkullik tug‘dirishi mumkin. Xullas, bu shuni anglatadiki, “Yuventus” ikkinchi qavatda hushyor o‘ynamasa, Ramos gol urib qo‘yishi tayin. Yaqinda buni o‘zi ham inkor etmadi: “Yana boshim bilan gol uramanmi? Qaniydi imkoni bo‘lganida, umuman menga qanday gol urishning farqi yo‘q, muhimi, g‘alaba”.

TEMIR KAZEMIRO

Shak-shubhasiz, Zidan “Yuventus”ga qarshi o‘yinda markazga Kazemironi tashlaydi. Kazemiro esa “Real”ning o‘yinini muvozanatga solib turadi. Maydon markazidagi kurashda undan ustun kelish qiyin. Zidan esa Kazemironi finalga yanada yaxshiroq tayyorlashi tayin.

SHAMOLDEK UCHQUR MARSELO

Marseloning qanotdan tezkor harakat qilishi finalda Allegri shogirdlari uchun yaxshigina syurpriz bo‘lishi tayin. Marselo nafaqat raqib hujumlarini to‘xtatishda, balki tezkorlik bilan qarshi hujum uyushtirishda ham faol harakat qila oladi. Demak, Allegri Marseloga qarshi ham tezkor, ham mahoratli futbolchisi harakat qilishini ta’minlashi lozim. O‘z navbatida Zidan ham Marseloga “Yuventus”ning asosiy futbolchilaridan birini qo‘riqlashni topshiradi.

PIXINI YORGAN ISKO

Davomi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:41, 31.05.2017.
O'qildi: 18065 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.