Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Karlush Keyrush Eron termasining O‘zbekistonga qarshi tarkibini e’lon qildi

Karlush Keyrush Eron termasining O‘zbekistonga qarshi tarkibini e’lon qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 iyun kuni JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turi doirasida Tehron shahrida Eron termasi mehmoni bo‘ladi.

O‘zbekistonga qarshi o‘yindan avval – 4 iyun sanasida eronliklar Podgorisa shahrida Chernogoriya termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuv o‘tkazadi. Karlush Keyrush mazkur o‘rtoqlik o‘yiniga 20 futbolchidan iborat tarkibni e’lon qilgan edi.

Eron bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi o‘yincha chaqirilgan tarkibni ham e’lon qildi. Tarkibdan 26 futbolchi joy egalladi.

Darvozabonlar: Alirizo Beiranvand (“Persepolis”), Muhammadrizo Akbari (“Traktorsozi”), Muhammad Mazaheri (“Zob Ahan”), Hamid Lak (“Saipa”);

Himoyachilar: Ramin Rizoian (“Vitess”, Gollandiya), Sayid Jalol Hussayni (“Persepolis”), Muhammad Ansari (“Persepolis”), Hussayn Mahini (“Persepolis”), Pejman Muntazari (“Al-Ahli”, Qatar), Murtazo Puraliganji (“Al-Sadd”, Qatar), Milad Muhammadi (“Terek”, Rossiya), Said Agxoi (“Traktorsozi”);

Yarim himoyachilar: Izzatulloh Purgaz (“Saipa”), Said Izzatullohi (“Anji”, Rossiya), Ehson Xajisafi (“Sepaxon”), Ali Karimi (“Lokomotiva”, Xorvatiya), Masud Shojai (“Panionios”, Gresiya), Ashkan Dejaga (“Volfsburg”, Germaniya), Ehson Pahlavon (“Zob Ahan”), Alirizo Jahonbahsh (“AZ Alkmaar”, Gollandiya), Mehdi Turobi (“Saipa”), Vohid Amiri (“Persepolis”);

Hujumchilar: Mehdi Taremi (“Persepolis”), Rizo G‘ochannajod (“Xeerenven”, Gollandiya), Karim Ansarifard (“Olimpiakos”, Gresiya), Sardor Azmun (“Rostov”, Rossiya).

Eslatib o‘tamiz, Eron – O‘zbekiston uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida o‘tkaziladi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, JCH–2018 saralashi “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekiston 12 ochko bilan guruhda hozircha uchinchi pog‘onada bormoqda.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 13:56, 01.06.2017.
O'qildi: 8609 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик