Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“Lokomotiv” a’zolari Toshkentdagi Britaniya maktabiga tashrif buyurishdi

“Lokomotiv” a’zolari Toshkentdagi Britaniya maktabiga tashrif buyurishdi

Baho:
+ | -

“Lokomotiv” futbolchilariga milliy terma jamoa o‘yinlari sabab Oliy Ligada yuzaga kelgan tanaffus munosabati bilan 5 kunlik qisqa ta’til berilgandi.

Jamoa vakillari ushbu ta’tilda ham “bo‘sh o‘tirishgani” yo‘q. Kecha “Loko” futbolchilari Respublika onkologiya ilmiy markazida davolanayotgan bolalarni bayram bilan tabriklagani borishgandi. Bugun esa bir qator futbolchilar va murabbiylar shtabi Toshkentda joylashgan Britaniya maktabida bo‘lib, u yerda ta’lim olayotgan yigit-qizlar bilan maroqli suhbat qurishdi.

Dastlab ushbu maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida Toshkentdagi Britaniya maktabining ikki nafar o‘quvchisi “Lokomotiv” jamoasi haqida tayyorlagan taqdimot namoyish etildi. So‘ngra jamoada faoliyat olib borayotgan avstraliyalik mutaxassis Mirko Yelichich hamda bir necha nafar futbolchilar o‘quvchilarning ingliz tilida bergan turli mavzudagi savollariga javob qaytarishdi.

Keyin esa maktabning futbol maydonchasida o‘quvchilar hamda “Lokomotiv” futbolchilari o‘rtasida ko‘rgazmali futbol o‘yini o‘tkazildi. O‘yin juda qiziqarli tarzda o‘tdi. Yakunda esa Toshkentdagi Britaniya maktabi o‘quvchilari taniqli futbolchilarimizdan esdalik uchun dastxat olishdi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 19:47, 02.06.2017.
O'qildi: 4216 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик