Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-6 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal
27/11 15:00 Kvangju 1-0 Shanghai Shenhua
27/11 15:00 Yokogama Marinos 2-0 Poxang Stilers
27/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-0 Li Man
27/11 17:00 Tampines Rovers 1-0 Bangkok Yunayted
27/11 19:00 Oltin Asr 0-2 Al-Quva al-Javiya
27/11 19:00 Nasaf 1-2 Kuvayt SK
27/11 21:00 Traktor 3-3 Al-Vakra
27/11 21:00 Al-Hussayn 2-3 Shabab al-Ahli
27/11 22:45 Srvena Zvezda 5-1 Shtutgart
27/11 22:45 Shturm 1-0 Jirona
27/11 23:00 At-Ta'vun - Xolidiya
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor

Kevin de Bryuyne: "Hammasiga birdaniga va faqat «Siti» bilan" (intervyu)

Kevin de Bryuyne: "Hammasiga birdaniga va faqat «Siti» bilan" (intervyu)

Baho:
+ | -

Dunyoning eng qimmatbaho futbolchilaridan biri, «Manchester Siti» va Belgiya terma jamoasidagi yorqin o‘yinlari orqali muxlislar e’tiborini qozongan Kevin de Bryuyne xorijlik hamkasblarimizga intervyu berib, faoliyatining e’tiborli jihatlari bilan tanishtirdi.

«Faqat g‘alaba!»

- «Manchester Siti» bir nechta frontda jang olib bordi. Jamoadoshlaringiz xato qilishga haqlari yo‘qligidan xabardormidilar?

- Nima uchun bu savolni menga beryapsiz?

- Chunki siz mag‘lubiyatlarga dosh bera olmaysiz.

- (Kuladi) Bu borada siz haqsiz! Bolaligimdan tabiatan shundayman. Vaholanki, hozir har xil o‘yinlarda ishtirok etib, yutqazishim ham mumkin. Lekin avvallari - yo‘q, faqat g‘alaba!

- Nahotki, yutqazishga ko‘nikmagan bo‘lsangiz?

- Yengilishni bilmayman, lekin g‘alaba qozonishga ustaman (kuladi). Farqi shundaki, hozir ancha xotirjamman.

- O‘yin paytida ham xotirjammisiz?

- Hamma joyda! Ishoning, jiddiy gapiryapman. Axir ulg‘aymoqdaman, yaqinda ota bo‘ldim.

- Darhaqiqat, ancha barvaqt ulg‘ayishga majbur bo‘lgan edingiz - o‘quvchilik paytidayoq ota-onadan yiroqda yashadingiz.

- Ayniqsa, birinchi yil juda og‘ir kechdi. U paytda 13 yoshda edim. Boshqa bir oila bilan yashasamda, o‘zimni yolg‘iz sezardim. Chunki atrofimda yaqinlarim yo‘q edi. 18ga to‘lgach, mustaqil yashay boshladim. Ovqat tayyorlash, kir yuvish o‘z zimmamda edi... Xullas, ulg‘ayishga majbur bo‘ldim. Hayot shunga majbur etdi.

«Mag‘lubiyatdan fojia yasamayman»

- O‘z intervyularingizda futbol shunchaki o‘yin ekanligini ko‘p ta’kidlagansiz. Bunday yondashuvni qanday qilib saqlab kelyapsiz?

- Garchi kattalar hayotini barvaqt boshlagan bo‘lsamda, boshqa bolalar kabi o‘ynashda davom etdim. To‘g‘ri, futbol hozirda biznesga aylandi. Lekin bu bilan o‘yin maqomini yo‘qotgani yo‘q. U hozir ham zavq beradi, maydonda o‘zingni qiroldek sezasan. Chunki xohlagan ishingni qila olasan. Men futbolni shunday tushunaman.

- Lekin hozir bolalikdagi qiliqlarni takrorlash odobdan emas...

- Fikringizga qo‘shilaman. Biroq u men uchun hamon bir o‘yin bo‘lib qolayotgani rost. Shu sababli munosabatim ham shunga yarasha. Hatto YECHLda «Barselona»ni 3:1 hisobida yengganimizdan keyin uyga odatdagidek kayfiyatda qaytdim. O‘zimga qolsa, bu g‘alaba «Vest Bromvich» ustidan erishilgan yutuq(4:0)dan farq qilmaydi. Uchrashuvning muhimlik darajasi men uchun ahamiyatli emas. Doimo shunaqaman. Ha, o‘zgacha tabiatli futbolchilar ko‘p - g‘alaba onlarida ko‘klarga parvoz qiladilar. Lekin mag‘lubiyatni kuchli og‘riq bilan qabul qiladilar. Men esa unisini ham, bunisini ham o‘zimga olmayman. O‘ylashimcha, bu mening ustunlik jihatim. Mag‘lubiyatdan fojia yasamaslik kerak.

«Yarim yil zaxirada? Hechqisi yo‘q»

- Lekin futbol - hayotingizning muhim bo‘lagi, shundaymi?

- Albatta! Futbolni sevaman. Biroq u kundalik mashaqqatli mehnatni talab etadi. Agar lazzat olmasang, bunga chidash qiyin.

- Biroq «Chelsi»dagi faoliyatingizni zavq-shavqqa to‘la bo‘ldi, deyish qiyin. Tez-tez zaxira o‘rindig‘ida qolib ketdingiz... Balki murabbiy 8 mln. yevroga sotib olingan belgiyalikka ortiqcha e’tibor bermagandir?

- Professional futbolda doimo shunday holat kuzatiladi. Murabbiy birinchi navbatda 50 mln.li futbolchini maydonga tushirishi shart. Menga esa bor-yo‘g‘i 8 mln. sarflangan.

- Bundan xafa bo‘lgandirsiz?

- Ha, aldashibdi, degan fikr tinchlik bermasdi. Axir menga hech kim yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmagandi. Nima uchun maydonga tushmayotganimni bilolmasdim. Yarim yilni bekor o‘tkazganimga qaramay, hozir bundan afsusda emasman. Londonda ko‘plab do‘stlar orttirdim, qimmatli tajribaga ega bo‘ldim. Yana Angliyaga qaytganimda, ya’ni «Manchester Siti»ga, ana shu omillar qo‘l keldi. Chempionat, matbuot vakillari va umuman, futbol muhiti bilan tanish ekanligim ish berdi.

- Balki «Chelsi»da ayni shu jihatlarning yo‘qligi sizga xalal bergandir?

- Shunday bo‘lishi ham mumkin. O‘shanda 19 yoshda edim. Begona mamlakat, notanish jamoa. Dastlabki yarim yil qiyin kechdi, hechqisi yo‘q.

- «Manchester Siti» esa sizga qariyb 80 mln. sarfladi. Maqomingiz o‘zgarganini sezdingizmi?

- Buning menga daxli yo‘q. Mening vazifam - o‘ynash. Albatta, shunga yarasha mas’uliyat ham bor. Lekin bu haqda o‘ylamasdan, o‘z ishimni mukammal ado etishga harakat qilaman. Uddalay olsam, mamnun bo‘laman. O‘yinim qovushmaganda kamchiliklarni aniqlashga urinaman. Hozirda hammasi risoladagidek. Futbol ham hayotning bir bo‘lagi - goh parvoz, goh pasayish, degandek.

«Yana nimalarga qodirligimni bilmayman»

- Sizning yuksak transferingiz 30 nafar «Oltin to‘p» da’vogarlari orasidan joy olishingizni kafolatlaydi. Shundaymi?

- Buning qanday kafolat ekaniga faoliyatim yakunida baho beramiz. Lekin hozir bu haqda o‘ylash vaqti emas, boshqa yumushlar yetarli.

- Jahon reytingida Ronaldu, Messi, Grizmann, Suares va Neymar yetakchilik qilishmoqda. Aytgancha, Neymar sizning tengdoshingiz. U haqda nima deya olasiz? O‘zingizni «Barsa» yulduzi bilan taqqoslay olasizmi?

- Dunyoda yuksak saviyali futbolchilar juda ko‘p. Lekin matbuot negadir 20-30 nafaridan u yog‘iga o‘tmaydi.

- Siz ham o‘sha kuchli o‘ttizlikka kirasizmi?

- Hozir, ha. Lekin bularning barchasi qiyosiy. Men o‘ta mashhur o‘yinchilarni nazarda tutgandim. Germaniyada muxlislarni mahalliy chempionat vakillari va xorijdagi nemislar qiziqtiradi. Angliyada esa bundesliganing hech kimga qizig‘i yo‘q. Qisqasi, barcha mamlakatlarda tilga olinadigan futbolchilar juda oz.

- Ayting-chi, Messi, Ronaldu va Neymar darajasiga ko‘tarilish uchun sizda nima yetishmaydi?

- O‘zimning ustun va zaif jihatlarimdan yaxshi xabardorman. O‘z navbatida, yana nimalarga qodirligimni bilmayman. Mukammallikning chegarasi qayerda ekani noma’lum. Hozirda anchayin yuksaklikka erishdim, yanada yuqoriroqqa ko‘tarilish qi-yinlashib bormoqda. Lekin men izlanishdan, ter to‘kishdan to‘xtamayman. Shunday qilishim shart. Chunki bu nafaqat o‘zim, balki jamoam uchun ham muhim.

«Doimo g‘olib chiqishni istayman»

- «Oltin to‘p» da’vogarlari ro‘yxatidan joy olish futbolchiga zavq bag‘ishlasa kerak?

- Juda yoqimli, albatta. Demak, o‘z vazifamni ko‘ngildagidek uddalay olyapman. Ochig‘i, ro‘yxatga kiritishganini bilgach, xursand bo‘ldim. Lekin mazkur holat hayotimni o‘zgartirib yubordi, deyish fikridan yiroqman. Bunaqa mavzularda suhbatlashishni yoqtirmayman. Ozroq gapirib, ko‘proq ishlash tarafdoriman.

- Lekin qachondir «Oltin to‘p»ga sazovor bo‘lish niyatingiz bordir?

- Muhimi - jamoa muvaffaqiyati. Qandaydir individual sovringa loyiq topilsam, mamnuniyat bilan qabul qilaman. Biroq bu men uchun birinchi darajali emas. Jumladan, «Oltin to‘p» haqida hech qachon o‘ylamaganman.

- Xo‘sh, unda nimani orzu qilgansiz?

- Hech narsani. Shunchaki, doimo g‘olib chiqishni istayman. Qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Ehtimol, bu biroz bema’nilikdek tuyular, lekin men birdaniga barcha turnirlarda sovrindorga aylanishni xohlayman.

- 2001 yili Maykl Ouen xuddi shunday fikr bildirgandi. Aytgancha, u sizning «kumir»ingiz...

- Ha, bolaligimda «kumir»im edi. Devorda futbolchilarning suratlari ko‘p emasdi. Ammo unga doimo joy topilardi.

- Maykl Angliya chempionligiga erisha olmasada, boshqa turnirlarda zafar quchdi. «Oltin to‘p»ga ham ega chiqdi.

- Men ham g‘olib bo‘lishni istayman: chempionatda, Angliya va Liga kuboklarida, YECHLda. Faqat barchasiga «Siti» bilan erishmoqchiman!

Ma’lumot uchun

Kevin de Bryuyne

Tug‘ilgan sanasi: 1991 yil 28 iyun

Tug‘ilgan joyi: Drongen, Belgiya

To‘p surgan jamoalari: «Genk» (2008-2012); «Verder» (2012-2013); «Chelsi» (2013-2014); «Volfsburg» (2014-2015); «Manchester Siti» (2015-...)

APLda 62 marta maydonga tushib, 12ta gol urgan

Erishgan yutuqlari: Belgiya chempioni (2010|2011); Belgiya kubogi sohibi (2008|2009); Belgiya superkubogi sohibi (2011); Germaniya kubogi (2014|2015) va superkubogi (2015) sohibi; Angliya liga kubogi sohibi (2015|2016)

Belgiya terma jamoasida 50ta uchrashuv o‘tkazib, 13ta gol urgan

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:35, 06.06.2017.
O'qildi: 2907 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.