"Napoli" yarimhimoyachisi Marek Hamshik "Yuventus" klubiga o‘tishdan bosh tortdi.
Bu haqda uning agenti Yuray Venglosh xabar berdi.
"Marek har doim Neapolda to‘p surishni afzal bilgan. U bilan "Yuventus" va boshqa bir qator klublar qiziqqan edi. Ammo u "Napoli"da qolishga qaror qildi" - dedi agent Radio Crc efirida.