Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» ichidagi «sotqin» topildi: Peres ma’lumot sizdirgan shaxs haqida gapirdi

«Real» ichidagi «sotqin» topildi: Peres ma’lumot sizdirgan shaxs haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Real» prezidenti Florentino Peres klub ichidagi sirlarni tashqariga chiqargan — Federiko Valverde va Orelyen Tchuameni o‘rtasidagi nizo haqidagi ma’lumotni matbuotga sizdirgan shaxs topilganini ma’lum qildi.

«Biz Valverde va Tchuameni mojarosi haqidagi ma’lumotni sizdirgan odamni topdik. Bu inson klubdan ketayotgani uchun g‘azabda. Aynan shu sababli u ma’lumotni tashqariga chiqargan. Men uchun ma’lumotning sizdirilishi mojaroning o‘zidan yomonroq, chunki bu vaziyat ortida qandaydir kattaroq narsa turgandek taassurot uyg‘otadi», — dedi Peres matbuot anjumanida.

Avvalroq OAVda ushbu ma’lumotni Dani Sebalyos sizdirgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Alvaro Arbeloa bilan munosabatlaridagi muammolar fonida, Sebalyos so‘nggi o‘yinlarda qaydnomaga kiritilmayapti.

Kiritildi: 22:32, 12.05.2026.
O'qildi: 5691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик