Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gehi Husanov bilan birga o‘ynash haqida fikr bildirdi

Gehi Husanov bilan birga o‘ynash haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» markaziy himoyachisi Mark Gehi Abduqodir Husanov bilan birgalikdagi harakatlari haqida gapirib berdi. Aynan ushbu markaziy himoyachilar juftligi Xosep Gvardiola tomonidan «shaharliklar»ning so‘nggi o‘yinlarida asosiy tanlov sifatida qaralyapti.

«Husanov bilan birga o‘ynash menga juda manzur bo‘lmoqda. U nafaqat ajoyib futbolchi, balki juda yaxshi inson hamdir. Men birga o‘ynagan har bir jamoadoshimdan, jumladan Ruben Diash va Natan Akedan ko‘p narsa o‘rgandim. Umid qilamanki, biz birgalikda «Manchester Siti» himoyasidagi barqarorlikni ta’minlashda davom etamiz», — deya Gehining so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Chorshanba kuni «Siti» angliyalik futbolchining sobiq jamoasi «Kristal Pelas»ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 07:04, 13.05.2026.
O'qildi: 6979 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик