Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Sherzod Hakimov: «G‘alabalar vaqti keldi»

Sherzod Hakimov: «G‘alabalar vaqti keldi»

Baho:
+ | -

“Neftchi” jamoasining O‘zbekiston Kubogida muvaffaqiyatli odimlashida jamoa sardori Sherzod Hakimov tomonidan kiritilgan gollar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aynan “Navbahor” to‘sig‘idan o‘tish jarayonida Sherzodning Farg‘ona va Namanganda urgan gollari ikki o‘yin natijasiga ko‘ra chorak final chiptasini “Neftchi”ga taqdim etdi. Ayni paytda “Dinamo” jamoasiga qarshi bellashuvga hozirlik ko‘rayotgan Sherzod Hakimov “Neftchi” rasmiy sayti uchun intervyu berib o‘tdi.

"Jamoamiz yangi bosh murabbiy Vadim Abramov qo‘l ostida keyingi o‘yinga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda. Vadim Karlenovichni qanday saviyadagi murabbiy ekanligini barcha yaxshi biladi. Ushbu mutaxassis bilan yuqori natijalar sari olg‘a bormoqchimiz. Bu borada muxlislarning daldasi muhim ahamiyat kasb etadi. Kubok doirasida keyingi bosqichga chiqdik va bu boradagi imkoniyatlarimiz yomon emas. Nasib qilsa, nafaqat chempionat, balki kubok o‘yinlarida ham yaxshi natijalar qayd etishni niyat qilganmiz. Men har bir o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol etish uchun maydonga chiqaman. Bu — mening vazifam. “Dinamo”ga qarshi o‘yin yaqinlashmoqda. Ushbu raqobatda bizni faqat muvaffaqiyat qoniqtiradi.  Bu orqali “Neftchi”ning jonkuyar muxlislarini xursand etishni istaymiz. G‘alabalar vaqti keldi", – dedi Hakimov.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 16:37, 07.06.2017.
O'qildi: 3463 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик