"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Lester" yarimhimoyachisi Riyod Mahrezga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi RAC1.
Valverdening fikricha, 26 yoshli futbolchi "Barselona"ga foydali bo‘ladi.
Mahrez APLning o‘tgan mavsumida 36 o‘yinda 6 ta gol urdi va 3 ta golga to‘p oshirdi.