Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

“Andijon” klubi yig‘ilishida Termizdagi ommaviy mushtlashuv muhokama qilindi

“Andijon” klubi yig‘ilishida Termizdagi ommaviy mushtlashuv muhokama qilindi

Baho:
+ | -

“Andijon” futbol klubining nabatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir viloyat kasaba uyushmasining majlislar zalida kechdi. Unda jamoa rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va bir nechta ashaddiy ishqibozlar ham bevosita ishtirok etdi.
Yig‘ilishni viloyat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi Ozodbek Mahamadjonovich Saidov o‘tkazib bordi va unda jamoaning so‘nggi paytlardagi qoniqarsiz natijasi haqida keskin fikrlar bildirildi.

Ozodbek Saidov yig‘ilish davomida “Andijon”ning o‘z uyida “Xorazm” va “Orol”ga qarshi bahslarda qayd etgan durang natijasi va keyingi safar o‘yinlarida “Surxon” bilan “Nasaf-2”ga qarshi bahslarda yo‘qotilgan qimmatli ochkolar borasida qattiq kuyunib gapirdi va so‘zni rahbariyat, bosh murabbiy va jamoa a’zolariga berib, ularni salbiy natijaga nima sabablar bo‘layotgani haqida fikrlari bilan qiziqdi.

Jamoa natijalariga mas’ul bo‘lgan Vitaliy Legay so‘z olib, qoniqarsiz natijalardan keyin rahbariyat va muxlislar oldida uzr so‘rashini va kelgusida yanada ko‘proq ishlab, jamoa oldiga qo‘yilgan vazifani bajarishga astoydil xarakat qilishlarini bildirdi.

Futbolchilardan esa tajribali hujumchi Anvar Berdiyev va jamoa sardori Ibrohim Otaxonov ham so‘zga chiqib, salbiy natijalar qayd etilishida eng avvalo futbolchilar aybdor ekanligini, rahbariyat tomonidan barcha sharoitlar muhayyo etib borilayotganini ta’kidlab o‘tishdi.

Shuningdek, Anvar Berdiyev o‘z so‘zida “Surxon”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda yuz bergan salbiy va o‘ziga xos shov-shuv uyg‘otgan holat bo‘yicha ham muxlislar oldida butun futbolchilar nomidan kechirim so‘rashini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Termizda yuz bergan ommaviy mushtlashuvdan so‘ng, bir qator futbolchilar va jamoa qattiq jazoga tortilgandi.

Jamoa sardori Otaxonov esa “Nasaf-2”ga qarshi bahsda qayd etilgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatda eng avvalo yosh futbolchilarni ishonchsiz xarakat qilgani bilan bog‘liq ekanligini aytdi.

Yig‘ilish chog‘ida Ozodbek Mahamadjonovich klub rahbariyatiga shu kungacha bosh murabbiy sifatida ishlab kelgan Vitaliy Aleksandrovichni o‘z lavozimidan ozod qilishlikni va uning yaqin yordamchisi sifatida ishlab kelgan murabbiy Abdurashid Ismoilovni esa iste’foga chiqarishini talab qildi. Qolaversa ayrim intizomsiz futbolchilarga keskin chora va xayfsan e’lon qilishini bildirdi. Agarda birinchi davraning qolgan uchta o‘yinida ijobiy natija qayd etilmasa tarkibdagi bir qator futbolchilar bilan xayrlashishi lozimligini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Muxlislar klubi yetakchisi Nodirbek To‘ychiyev ham so‘z olib, futbolchilardan har bir uchrashuvda faqat va faqat g‘alaba kutishlarini, afsuski so‘nggi paytlardagi salbiy natijalar ishqibozlarni chuqur iztirobga solib qo‘yayotganini, bundan jamoa a’zolari to‘g‘ri xulosa chiqarib, kelgusida vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirishi shart ekanligini a’lohida ta’kidladi.
Shundan so‘ng klub qarorgohida ham klub rahbariyat futbolchilar bilan uchrashib, yana bir bor ochik suhbatlashib oldi va keyingi uchta o‘yinda 9 ochko uchun kurashishlari kerakligini bildirdi.

Manba: fcandijon.uz
Kiritildi: 13:03, 11.06.2017.
O'qildi: 6832 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.