Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Qahramon Aslanov maqolasi: Janob Babayan, …!

Qahramon Aslanov maqolasi: Janob Babayan, …!

Baho:
+ | -

Bugungi o‘yinda bizga g‘alaba kerak. Boshqa hisob qoniqtirmaydi. Terma jamoamiz Eronda g‘alaba qozonishi shart, aks holda, jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyatimiz keskin ravishda tushib ketadi. Yutmasak bo‘lmaydi.

Mana shunday gaplar aytayotganingizda, albatta, Eronning kuchli terma jamoa ekani, o‘sha to‘rt yil oldingi Baqoyevning golidan keyin “Ozodi”da hech kim ularga gol ura olmayotganini, ular mundialga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olishga yaqin turganini aytishadi. Aslida, u yerda durang o‘ynab kelish ham va hatto kichik hisobda mag‘lubiyatga uchrash ham, xuddiki, murabbiy va futbolchilarimizni tanqid qilishga haqqimiz yo‘qdek, ko‘rinadi. Qaysi biri to‘g‘ri?

Har qanday turnirga jamoa va uning muxlislarining xos munosabati bo‘ladi. Masalan. UYEFA ga o‘tish kerakligi haqida bong uradigan muxlislar iddao sifatida, atigi uch o‘yin uchun butun umr JCH ga harakat qilishdan ko‘ra, har yili jahon futboli grandlari bilan o‘ynash yaxshiroq ekanini aytishadi. OFK chilar esa, bu o‘yinlarda azart yo‘qligini, asosiysi nima uchundir kurashish va maqsadga erishish, agar UYEFA da bo‘lsak o‘sha maqsadlarga erishishimiz qiyinligi haqida gapirishadi. Mana shu yerda asosiy farq o‘rtaga chiqadi, har qancha urinmaylik qozoq muxlisining bugungi saralash o‘yinlari bo‘lgan munosabatini to‘liq anglab yetolmaymiz tanamizda. Ular jahon chempionatiga chiqa olmasliklarini yaxshi biladilar, ular uchun har bir o‘yin o‘ziga xos cho‘qqi, vazifa, maqsad. Raqib Portugaliya, maqsad o‘sha o‘yinda g‘alaba qozonish yoki durang o‘ynash, kamida kurash taqdim etish. Vazifa o‘yindan keyin tugaydi va keyingi vazifa, keyingi raqib bilan o‘yin hisoblanadi. Masalan, 1-turda qozoqlar o‘z maydonlarida Ispaniyani yutib qo‘yishsa, “ux, endi JCH ga chiqish uchun imkoniyatimiz oshib ketdi” demaydilar, o‘sha alohida vazifa uddalanganini bayram qiladilar. Ulardan final bosqichlariga chiqish uchun qachon qancha ochko yetmay qolganini so‘ramang, lekin Serbiya ustidan qozonilgan g‘alaba, Belgiyadagi durang kabi alohida tarixiy natijalarni yoddan aytib beradilar. Ular uchun turnir motivasiyasi yo‘q, alohida uchrashuvlar bor. Albatta bunday jamoalar nafaqat Yevropada, balki Osiyoda ham bor.

Agar shu tomondan kelsak, terma jamoamizga mundialga chiqish vazifasi qo‘yilgan. O‘FF rahbariyati ham, murabbiylar ham, futbolchilar ham bu haqida gapirishgan. Boshqa har qanday yakun muvaffaqiyatsizlik sifatida baholanadi, bu aniq. Agar mundialga chiqish uchun Ispaniyani yutishga to‘g‘ri kelsa, o‘sha o‘yinga ham g‘alaba qozonish uchun tushish shart bo‘lib qolardi. Chunki munosabat raqibdan emas, maqsaddan kelib chiqib belgilanishi shart.

Janob Koreya bilan safardagi o‘yinni yaxshi eslayman. Esingizda bo‘lsa, o‘shanda ancha vaqt hisobda oldinda borganmiz. Keyin mezbonlar vaziyatni o‘nglab, g‘alaba qozonishdi. O‘shanda g‘alabaga yaqin kelganimiz, g‘alabaga mos bo‘lganimiz haqidagi fikrlarga qo‘shilmaganman. Bunga birgina omil ta’sir qilgan: koreyslar hisobda oldinga chiqib olgach, keyingi daqiqalarda futbolchilarimiz bor kuchi bilan hujumga tashlanmadi, o‘yinni qutqarishga harakat qilmadi. Bunga kuchi ham yetmadi. Demak, aslida hisobni ochganimiz vaziyatdan kelib chiqib amalga oshgan, agar o‘xshab qolganida, himoyada xato qilmaganimizda yutardik, ammo bu aynan g‘alaba uchun borganimiz, shunga poydevor qo‘yilgani uchun maqsadga erishgan bo‘lib chiqmasdik.

Men bugungi o‘yinni ham vaziyat poylab o‘tkazishimizni istamayman. Eronga aynan g‘alaba qozonish rejasi bilan o‘ynashimizni istayman. Shundan umid qilaman.

Janob Babayan, raqib kimligidan, qayerda to‘p surishimizdan qat’i nazar g‘alaba qozonishimiz shart.

Axir bu Eron, durang ham yaxshi natija, deyilsa, aytaman, Eronda g‘alaba qozonishni shart holatga keltirib qo‘ygan o‘zingiz, avvalgi o‘yinlarda, yutishimiz shart bo‘lgan o‘yinni yuta olmaganingizda, “hali imkoniyat bor” deb, baxona qilganingizda, aynan bugungi o‘yinni ham nazarda tutgansiz-ku, to‘g‘rimi? Demak, maydonga tushing va o‘sha imkoniyatni natijaga aylantiring. Agar Eronni Eronda yutishga azaldan ishonmagan bo‘lsangiz, demak, Suriyani yutish uchun jonni jabborga berishingiz lozim bo‘lgan edi. O‘yindan keyin imkoniyatlar haqida gapirmasligingiz kerak edi.

Dastlabki turlarga hali imkoniyat bor deb, oxirgi turlarda, raqib kuchli edi-da, deyish, bu safar o‘tmaydi.

Qarab turamiz, agar aytaylik, o‘yinning so‘nggi daqiqalari bo‘lsa-yu, hali durang hisobi saqlanib turgan bo‘lsa… Biror futbolchimiz aut olayotganda, almashtirilayotganda, burchak to‘pi tepayotganda shoshilmasa, g‘alabadan boshqasi kerak emasligini bizga xis qildirmasa, keyingi o‘yinlaringizni ko‘rishimizdan ham ma’no qolmaydi. Mundialga chiqish vazifasi haqida cho‘pchaklarda ishonch tugaydi.

Odatda, o‘yin kuni futbolchilarimizning ruhini ko‘tarish, terma jamoa atrofida jipslashish, faqat yaxshi gaplar, she’rlar yozish haqida aytiladi. Futbolchilarga bosim yuklamaslik talab qilinadi.

Yo‘q!. Bu safar g‘alaba qozonishga majbursiz. Buning uchun ruhingizni ko‘tarish, jipslashishga extiyoj sezsangizlar, o‘zingiz ruhingizni ko‘taring, o‘zingiz jipslashing. O‘zingiz yuting!

Qahramon Aslanov

Manba: maydon.uz
Kiritildi: 16:10, 12.06.2017.
O'qildi: 9012 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.