Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Oliy liga. “SHo‘rtan” - “Nasaf” (prevyu)

Oliy liga. “SHo‘rtan” - “Nasaf” (prevyu)

Baho:
+ | -

Yurtimiz stadionlarida Jliy ligada ishtirok etadigan jamoalar yana o‘zaro bahslarga kirishadi.

Navbatdagi 13-tur uchrashuvlari 14-16 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu turda Qashqadaryo viloyatining ikki jamoasi o‘zaro kuch sinashadi. Mazkur bahs voha derbisi maqomiga ega.

O‘zPFL, 13-tur
“Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Nasaf” (Qarshi)
15.06.2017. “G‘uzor” markaziy stadioni. 19:00da
Bosh hakam: Sherzod Qosimov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Andrey Sapenko (Toshkent vil.), Nabiyjon Ro‘zimov (Toshkent)
Zaxira hakami: Asker Najafaliyev (Toshkent)
Nazoratchi: Radik Serazetdinov (Toshkent)
O‘zPFL vakili: Baxtiyor Mametov.

15 iyun kuni bo‘ladigan uchrashuv jamoalarning 23-tuqnashuvi bo‘ladi. O‘tkazilgan 22 bahsning 16 uchrashuvida “ajdarlar” g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, “Sho‘rtan” hisobida 5 ta g‘alaba mavjud. Atigi bir o‘yinda jamoalar murosa yo‘lini tanlashgan. 2010 yili Qarshida 8523 tomoshabin ko‘z oldida kechgan uchrashuvda, 0:0 natijasi qayd etilgan. To‘plar nisbati 23-50 ko‘rinishida, "Nasaf" ustunligini ko‘rsatmoqda. O‘zaro o‘yinlarda "Nasaf" “Sho‘rtan”ni eng yirik 5:0 hisobida g‘alabaga erishgan.

Ushbu jamoalarning o‘rtasida kechgan bahslar tarixiga nazar tashlasak, eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar hamon Zafar Xolmurodov va Igor Taran bo‘lib turibdi. “Nasaf” jamoasining sobiq va afsonaviy futbolchisi “oq bo‘rilar” darvozasini 7 marta aniq nishonga olgan. Shuningdek, Igor Taran ham “ajdarlar” darvozasini 5 marta ishg‘ol qilgan.

G‘uzorda o‘tkazilgan 11ta uchrashuvdagi natijalar bo‘yicha ham kichik ustunlik “Nasaf” tomonida. Jamoa shu paytgacha G‘uzorda o‘tkazilgan uchrashuvlarda 6 marta g‘alaba qozongan. “Sho‘rtan” esa 5 marta g‘alabaga erishgan. Shunisi qiziqki, hali biron marta G‘uzorda durang natija qayd etilmagan. “Oq bo‘rilar” so‘nggi marta 2011 yilgi mavsumning ikkinchi davrasida jamoa ustidan 2:1 hisobida g‘alabaga erishgan.

G‘uzorda o‘tkazilgan 11ta uchrashuvda jami darvozalarga 35ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati 15-20, bunda ham ustunlik "Nasaf" tomonida. G‘uzorda o‘tkazilgan ikki uchrashuvda “Sho‘rtan” futbolchilari gol ura olishmagan. "Nasaf" futbolchilari ham ikki uchrashuvda G‘uzordan golsiz qaytishgan.

G‘uzordagi oxirgi o‘zaro o‘tkazilgan 4 uchrashuvda “Nasaf” g‘alaba qozongan.

“Nasaf” jamoasi bu safar G‘uzorga Dragan Cheransiz tashrif buyuradi. Serbiyalik hujumchimiz sariq kartochkalari soni 4taga yetgani bois, ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

15 iyun payshanba kuni bo‘ladigan 13-tur, “Sho‘rtan” – “Nasaf” jamoalari uchrashuvi G‘uzor shahridagi “G‘uzor” markaziy stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Bir kun oldin, ya’ni 14 iyun chorshanba kuni bo‘ladigan kichik derbi, G‘uzordagi “Bolalar futbol markazi” maydonida soat 17:30da boshlanadi.

G‘uzorda bo‘lib o‘tgan oxirgi besh uchrashuv:
03.08.2016. 16-tur. “Sho‘rtan” – “Nasaf” 0:3
26.04.2015. 6-tur. “Sho‘rtan” – “Nasaf” 1:2
18.10.2013. 22-tur. “Sho‘rtan” – “Nasaf” 1:4
11.05.2012. 8-tur. “Sho‘rtan” – “Nasaf” 2:3
06.08.2011. 15-tur. “Sho‘rtan” – “Nasaf” 2:1.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 11:28, 13.06.2017.
O'qildi: 3374 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.