Argentinalik hujumchi Xulian Alvares «Atletiko»da qoladi va «Barselona»ga o‘tmaydi. Bu haqda madridliklar klubi bosh direktori Xil Marin ma’lum qildi.
U hujumchining «Atletiko»da faoliyatini davom ettirishiga shaxsan kafolat berishini ta’kidladi.
«Men futbol olamida 30 yildan ortiq vaqtdan beri ishlab kelaman. Mening so‘zim — ega bo‘lgan eng muhim narsalarimdan biri. Men bosh direktor lavozimida ekanman, Xulian Alvares «Barselona»ga o‘tmaydi. Bu 100 foiz kafolatlangan», — deya Marin so‘zlarini Fabrisio Romano keltirdi.
Avvalroq «Barselona» vise-prezidenti Rafa Yuste Marinning kataloniyaliklarni axloqsiz xatti-harakatlarda ayblagan so‘zlariga keskin munosabat bildirgan edi.













