«Real» La Liganing 1-turidan qoldirilgan uchrashuvda «Real Sosyedad»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ignasio Sanchesning ma’lum qilishicha, Madrid klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘yindan so‘ng yarim himoyachi Jud Bellingemni shaxsan o‘zi tabriklagan. Uchrashuvda angliyalik futbolchi ikki golli uzatma amalga oshirdi.
Bunga javoban Bellingem Mourinyoga «Real»ning barcha futbolchilari portugaliyalik murabbiy uchun maydonda «jon berishga tayyor» ekanini aytgan. «Qirollik klubi» futbolchilari Jozeni jamoaga yana yuqori cho‘qqiga qaytishga yordam beradigan murabbiy deb hisoblamoqda.













