Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Safarali Siddiqov blogida: O‘ta omadsiz

Safarali Siddiqov blogida: O‘ta omadsiz

Baho:
+ | -

Bir vaqtlar uning iqtidori haqida so‘zlashganda mamlakat futbolida yangi Maldini paydo bo‘ldi deya bong urishdi. Mamlakatning grand klublari uni o‘z tarkibida ko‘rishni istadi. Uni dunyo yulduzlari darajasidagi o‘yinchi deb maqtashdi. O‘shanda "Fiorentina" safida to‘p tepayotgan bu yosh iqtidor egasi mamlakat Olimpiya terma jamoasi bilan Afina-2004 Olimpiadasiga olib ketildi. Uning jamoasi musobaqaning yarim finalida Argentinadan sharmandali mag‘lubiyatga uchradi - 0:3. 3-o‘rin uchun matchda esa Osiyo qit’asi vakili Iroqni 1:0 hisobida mag‘lub etib Olimpiada bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu uning katta futboldagi dastlabki qadami edi.

Olimpiada o‘yinlaridan keyin uni mamlakat futboli grandlaridan biri "Yuventus" o‘z safiga qo‘shib oldi. O‘sha mavsumdayoq "Yuve" bilan mamlakat chempioni bo‘ldi. Kelgusi mavsumda ham u jamoasi bilan Skudettoni qo‘lga kiritdi. Biroq hamma narsani ostin-ustun qilib yuborgan bir voqea yuz berib, uning jamoasi jiddiy zarar ko‘rdi. Italiya futbolidagi ayrim ko‘zbo‘yamachiliklar fosh etildi-da, "Yuventus" , "Milan" kabi grand klublar ayovsiz jazolandi. Masalan, "Yuventus"dan oxirgi ikki Skudetto olib qo‘yildi. Bu ham yetmaganday, Turin superklubi "B" seriyaga surgun qilindi. Bundan nafaqat "Yuventus" balki mamlakat futboli ham jiddiy zarar ko‘rdi. Bir vaqtlar Yevropada birinchi o‘rinda tilga olingan Italiya jamoalari mana necha yildirki, oldingi holatiga qaytolmayapti.

O‘sha voqeadan keyin "Yuventus"ni ko‘pgina yetakchilar tark etishdi. Ammo qahramonimiz eng og‘ir damlarda ham "Yuventus"ni tashlab ketmadi. Ha, u Maldini va Nesta darajasidagi futbolchi. Uning mahoratiga shak-shubha yo‘q. Ammo unga eng kerakli narsa — omad yetishmasdi. Shunday o‘yinlar bo‘ldiki, jamoasi yirik hisobda o‘yinni boy berganda ham yolg‘iz uning faolligi maydonda sezilib turdi.

Davomi Safarali Siddiqov blogida.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:09, 14.06.2017.
O'qildi: 6393 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.