Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/03 01:00 Arsenal 2-2 PSV
13/03 01:00 Aston Villa 3-0 Bryugge
13/03 01:00 Atletiko 1-0 Real Madrid
15/03 00:45 Jenoa - Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas - Alaves
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford

Vadim Abramovning «Neftchi»dagi debyuti omadsiz yakunlandi

Vadim Abramovning «Neftchi»dagi debyuti omadsiz yakunlandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Oliy Ligasining 13 – turidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Dinamo” uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda “Neftchi” jamoasi Farg‘onada o‘ynagan bo‘lishiga qaramay, “Dinamo”ga mag‘lubiyatga uchradi. Avvaliga samarqandliklar 5 daqiqada tezkor gol urib, hisobda oldinga chiqib olishdi.

Goldan so‘ng “Neftchi” katta kuch bilan oldinga borib, bir nechta hujumlar uyushtirdi, lekin “Dinamo” xam bo‘sh kelmasdan uchrashuvda ikkinchi to‘pni kiritdi. Jamoalar ikkinchi bo‘limga shu hisobda yo‘l olishdi.

62 –daqiqada Muydin Mamazulomov “Neftchi”ning uchrashuvdagi ilk goliga mualliflik qildi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Amirjon Safarov “Dinamo”ning uchinchi  to‘pini kiritdi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida “Neftchi” hujumchisi va sardori Sherzod Hakimov “Neftchi”ning yana bir golini urdi, ammo farg‘onaliklarda hisobni tenglashtirish uchun vaqt yetmay qoldi.

Va shu tariqa Vadim Abramovning “Neftchi” boshqaruvidagi “pochini” omadsiz tarzda yakunlandi. 

"Neftchi" - "Dinamo" 2:3

Gollar: Muydin Mamazulumov (65), Sherzod Xakimov (90+4) - Jasur Azimov (5), Orif Mamajonov (29), Amirjon Safarov (81).

“Neftchi”: Abdumavlon Abdujalilov, Akram Bahriddinov, Umidjon Qodirov, Sherzod Hakimov, Mo‘ydin Mamazulumov, Abbos Maxstaliyev (Abdujabborov, 73), Muzaffar Muzaffarov, Javohir Rasulov, Dilyor Irmatov,  Muhsin Ubaydullayev, Abdurahmon Abdulhaqov.

“Dinamo”: Temur Jo‘rayev, Mirkomil Lokayev, Bunyod Isroilov, Firdavs Abdusalimov, Jasur Azimov, Sardor Sulaymonov, Radu Rogak, Aleksey Nikolayev, Orif Mamajonov, Iskandar Xolmurzayev, Saidkamol Davlatjonov.

O‘zbekiston Oliy Ligasining 13 – turidan o‘rin olgan “Obod” – “Metallurg” uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda Toshkentning “Obod” klubi “Jar” stadionida yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

“Obod” hujumchisi Shohruz Norxonovning 80-daqiqasida kiritgan to‘piga “Metallurg” jamoasi to‘rtta gol bilan javob qaytardi.

Zohid Abdullayev uchrashuvda xet-trik muallifiga aylandi. Shu tariqa, “Metallurg” Toshkentdagi “Jar” stadionida “Obod”ni yirik hisobda taslim etdi.

"Obod" - "Metallurg" 1:4.

Gollar: Shoxruz Norxonov (80), Ayubxon No‘’monov (22), Zohid Abdullayev (38,46,83).

"Obod": Shirinboy Abdullayev, Abror Husinov, Anvar G‘ofurov, Sherzod Jalilov, G‘ayrat Umirov, Doniyor Hasanov, Sanjar Rihsiboyev, Sunnatilla Ermatov (A.Saidkarimov), Shoxruz Norxonov, Husanxon G‘aniyev, Sardor Qahhorov (Timur Vasilyev).

"Metallurg": Suhrob Sultonov, Hikmat Hoshimov, Doniyor Odilov, Ayubxon No‘’monov. Murodjon Toshmatov, Davron Karimqulov (S.Qodirkulov), Zohid Abdullayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Alisher Ziyovuddinov (T.Usmonov), Islombek Isoqjonov (M.Qaxramonov), Jahongir Abdumo‘minov.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 20:43, 14.06.2017.
O'qildi: 5400 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.