Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCH–2026 uchinchi o‘rin uchun kechgan Angliyaga qarshi dramatik uchrashuvdagi (4:6) mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiy Didye Deshamga ta’sirli murojaat yo‘lladi.
«Bugun sening so‘nggi raqsing edi. Sen bizga juda ko‘p narsa berding. Biz senga bundan ham yaxshiroq yakun taqdim etishimiz kerak edi, ammo buning uddasidan chiqa olmadik.
14 yil davomida qilgan ishlaringni ta’riflash uchun so‘z topish juda qiyin. Chunki sen ushbu jamoaning qayta tiklanishidagi eng asosiy me’morlardan biri bo‘lding.
Odamlar har doim ham sening buyukligingni munosib baholay olmadi. Ammo vaqt va tarix barchasini o‘z o‘rniga qo‘yadi», — dedi Mbappe.
Ma’lumot uchun, ushbu uchrashuv Didye Desham uchun Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi so‘nggi o‘yin bo‘lishi mumkin.
Desham Fransiya terma jamoasini 2012 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida fransuzlar 2018 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqdi, 2022 yilgi mundialda finalgacha yetib bordi, Yevro–2016 finalchisi bo‘ldi hamda 2021 yilda UYEFA Millatlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.













