Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCH–2026 davomida 14 ta samarali harakat (10 ta gol va 4 ta golli uzatma) amalga oshirib, jahon chempionatlari tarixida bir turnir doirasidagi eng yaxshi natijalardan birini qayd etdi.
MisterChip (Alexis) ma’lumotiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Mbappe mundiallar tarixida ikkinchi o‘rinni egalladi. U rekordchi Jyust Fonten natijasini takrorlash uchun atigi bitta samarali harakatga yetmadi.
Jahon chempionatlarida bir turnir davomidagi eng yaxshi samaradorlik natijalari:
-
Jyust Fonten (1958) — 15 ta samarali harakat (13 ta gol + 2 ta golli uzatma);
-
Kilian Mbappe (2026) — 14 ta samarali harakat (10 ta gol + 4 ta golli uzatma);
-
Shandor Kochish (1954) — 13 ta samarali harakat (11 ta gol + 2 ta golli uzatma);
-
Gerd Myuller (1970) — 13 ta samarali harakat (10 ta gol + 3 ta golli uzatma).
Eslatib o‘tamiz, JCH–2026 uchinchi o‘rin uchun bahsda Fransiya terma jamoasi Angliyaga 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.













