Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Harri Keyn: «Termadagi statistikam – sharmandalik»

Harri Keyn: «Termadagi statistikam – sharmandalik»

Baho:
+ | -

«Tottenhem»ning bosh yulduzi Harri Keyn klub futbolidagi natijalari bilan har qancha maqtanishga haqli. Ammo u hozircha Angliya milliy jamoasi tarkibida hech qanday karomat ko‘rsatganicha yo‘q va bundan biroz xijolatda. Chunonchi, Keyn navbatdagi intervyusida kelajak rejalari haqida gapirish barobarida terma jamoa o‘yinlaridagi harakatlaridan sira qoniqmayotganini alohida ta’kidladi.

- Harri, futboldagi kelajagingizni qanday tasavvur qilasiz?

- Tabiiyki, oldimga muayyan vazifalarni qo‘yganman. Ularning asosi - jahon miqyosida eng yaxshi futbolchilardan biriga aylanish. Odamlar tabiiy ravishda meni eng kuchlilar qatoriga kiritishlarini istayman. Hozirgi holatda elit ro‘yxatda emasman va buni yaxshi bilaman. Masalaning nozik tomoni shuki, eng kuchlilar reytingiga kirish-kirmasliging asosan xalqaro darajada qanday o‘ynashingga ham bog‘liq. Mana, «Tottenxem»da 2 mavsumni juda muvaffaqiyatli o‘tkazdim. Endi navbatdagi qadamni dalil tashlashim shart. Oddiy aytganda, elit futbolchilar qatorida e’tirof etilishni istasam, Angliya terma jamoasining katta o‘yinlarida ham o‘zimni ko‘rsatishim zarur.

- To‘g‘ri yondashuv, ammo hali yoshsiz va xotirjam ishlash orqali ko‘p narsaga bemalol ulgurishingiz mumkin.

- Ayni payt odatdagidan ancha ko‘p ishlayapman. Ha, endi 23 yoshga to‘ldim va futboldagi eng yaxshi damlarim hali oldinda ekanligidan umidvorman. Ammo xotirjam tortish, ba’zi jihatlarga befarq qarashga asosim yo‘q. Har holda, sportda muayyan natijalarga aldanib, to‘xtab qolish sira yaramaydi. Tushunarliki, men uchun o‘rganadigan jihatlar juda ko‘p. Bas, shunday ekan, ishlashdan to‘xtamasligim kerak.

- Xo‘sh, hozirgi futbolda kimga qarab yuqoriga intilish harakatidasiz?

- Mana, Krishtianu Ronalduni olaylik, bu yigit har qanday o‘yinning bosh qahramoni bo‘lishni uddalamoqda. Qarang, CHLning asosiy o‘yinlarida ko‘p narsani Ronaldu hal qildi - yarim final va finalda gollar urdi. Yashirmayman, futbolda aynan portugaliyalik yulduz izidan borishni istayman. Oddiy aytganda, Ronaldu men uchun mayoq yanglig‘ hujumchidir. Umidvormanki, ajib kunlardan birida menga u bilan bitta qatorda turish nasib etadi, albatta.

- Ayni holatda sizga asosan nima yetishmayapti?

- Katta o‘yinlar va jiddiy sinovlar. Futbolchining salohiyatiga faqat eng yirik o‘yinlardagi harakatlariga asosan baho berish kerak. Uning o‘zi ham ob’ektiv qarashni istasa, shunday qilgani ma’qul. Axir jahonning eng yaxshi futbolchilari aynan katta o‘yinlarda tarix yaratishadi. Misol uchun, CHLning asosiy uchrashuvlarida. O‘z navbatida, ertami-kech shunday yirik o‘yinlarda o‘zimni ko‘rsatish uchun imkoniyatga ega bo‘lishimga ishonaman. Biroq finalga chiqish 1-2 nafar ijrochi emas, butun jamoa harakatlariga bog‘liq. Har bir o‘yinchi omma oldida o‘z iqtidorini to‘la-to‘kis namoyish qilishga urinadi. Xususan, men ham. Demoqchimanki, har safar maydonga eng kuchli hujumchilardan biri ekanligimni isbotlash ilinjida tushaman.

- Angliya terma jamoasi sizga katta o‘yinlarda ishtirok etish imkoniyatini tezroq taqdim etishi mumkin...

- Shu vaqtga qadar «Tottenhem» libosida maydonga tushishga haqli ekanligimni isbotlash harakatidan bo‘shaganim yo‘q. Terma jamoagi faoliyatim xususida ham xuddi shu gaplarni takrorlashim mumkin. Ammo natija turlicha. Mamlakat bosh jamoasi libosidagi 17ta o‘yinda atigi 5ta gol - bu haqiqiy sharmandalik. Klub futbolida o‘zini ko‘rsatgan biror hujumchi terma jamoada bu qadar past statistika qayd etmagan bo‘lsa kerak. Tabiatan gol urish va maydonda bosh rolni bajarishga moyilman. Demakki, terma jamoadagi umumiy holatni imkon qadar tezroq to‘g‘rilashim kerak.

- Qiziq, ikki yo‘nalishdagi shaxsiy statistikangiz o‘rtasidagi katta farqning boisi nima?

- Ko‘pchilikka ma’lum, klub futbolida talab darajasidagi sport formasini bir me’yorda ushlab turish nisbatan osonroq. Terma jamoada esa mutlaqo boshqacha. Deylik, tarkib 2-3 oyda bir marta yig‘iladi. Asosiy shart bitta  - bunga ko‘nikish. Ha, milliy jamoadagi shaxsiy ko‘rsatkichlarimdan aslo xursand emasman. Vaziyatni birozgina yaxshilash uchun navbatdagi o‘yinlarda «xet-trik» qayd etsam yaxshi bo‘lardi.

- Angliya termasi tarixida ham siz uchun mayoq bo‘lishga munosib hujumchilar bor...

- Aslida o‘zgalar statistikasiga alohida qaramayman va ochig‘i, boshqa hujumchilarning Angliya terma jamoasida qanday to‘p surishganidan bexabarman. Lekin ba’zan eski o‘yinlar videoyozuvini ko‘rish asnosida o‘sha hujumchilardan nimalarnidir o‘zlashtirishga urinishim tabiiy hol. Misol uchun, Alan Shirerni e’tirof etishim mumkin - ham klub, ham terma jamoa darajasida fantastik hujumchi. U milliy jamoamiz uchun ko‘p ishlarni amalga oshirgan. O‘ylashimcha, Shirerning harakatlari yangi darajaga ko‘tarilishim uchun turtki beradi.

P.S.: Harri Keyn Shotlandiya termasiga qarshi o‘yinda gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:10, 18.06.2017.
O'qildi: 4699 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.