Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Bugun futbol. “Paxtakor” – “Nasaf”

Bugun futbol. “Paxtakor” – “Nasaf”

Baho:
+-2 | -

Bugun “Nasaf” Oliy liga 14-turida “Paxtakor” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Jamoalar Oliy ligadagi o‘zaro 41-uchrashuvida maydonga tushishadi.

O‘yin “Paxtakor” markaziy stadionida soat 19:00da boshlanadi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, uchrashuv televideniya orqali jonli namoyish etilmaydi. O‘yin 22:20da “Sport” telekanali orqali yozib olingan holda ko‘rsatiladi.

“Nasaf” bu yil O‘zbekiston chempionatidagi 21-ishtirokini davom ettirmoqda. Jamoaning bugungi uchrashuvi oliy ligadagi 601-o‘yini sifatida tarix sahifasidan joy oladi. Jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev faoliyati davomida o‘z shogirdlarini, chempionatda 134-marta maydonga boshlab tushadi.

Bugungi uchrashuvni FIFA referisi – Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Ushbu hakam joriy chempionatda hanuzgacha bu jamoalar ishtirokidagi o‘yinni boshqarmagan. Valentin Kovalenkoga bugungi bahsda A.Rasulov va J.Saidovlar qanotlarda yordam berishadi. Uchrashuvning zaxira hakami etib A. Lupashko tayinlangan. Hakamlar ishini bugun F.Abdullayev nazorat qiladi.

Mazkur uchrashuvga bo‘lgan qiziqish doimgidek juda yuqori. Bunga sabablar talaygina. Mazkur jamoalar mamlakati chempionatida prinsipial raqiblar hisoblanishadi. Jamoalar har bir uchrashuvda muxlislarga hayajonli va murosasiz kurashlarga boy uchrashuvlarni taqdim etib kelishgan. Bugun ham muxlislar ajoyib futbol o‘yiniga guvoh bo‘lishlariga shubha qilmasa ham bo‘ladi.

Quyidagi faktlar ham bugungi uchrashuvning nufuziga dalolat qilib turibdi. Ushbu jamoalar Toshkentda 20 marta chempionat uchrashuvlarida o‘zaro tuqnash kelishgan. Shularning 16tasida “Paxtakor jamoasi g‘alaba qozongan, “Nasaf” esa 1 marta, 2001 yili g‘alabaga erishgan, qolgan 3 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. “Paxtakor” so‘nggi bor o‘z maydonida “Nasaf”ni 2015 yili mag‘lub etgan.

Bugun “Nasaf” 16 yillik natijasini takror eta oladimi yoki “Paxtakor” 2 yillik natijasini qayd eta oladimi? 

Bu yilgi chempionatda mazkur jamoalarning ishtiroki ham boshqacha kechmoqda. “Paxtakor” shu paytgacha 13ta uchrashuvdan keyin 18 ochko to‘plab, 8-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Nasaf” 12ta uchrashuvdan so‘ng 23 ochko bilan 2-pog‘onani band etib turibdi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 11:29, 19.06.2017.
O'qildi: 5836 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.