«Roma» hujumchisi Muhammad Saloh shu haftada «Liverpul» klubiga o‘tadi.
Bu haqda italiyalik jurnalistlar Janluka Di Marsio va Fabrisio Romano xabar bermoqda.
«Salohning «Roma»dan «Liverpul» klubiga o‘tishi – hal bo‘lgan ish» - deb yozdi har ikkala jurnalist tvitter sahifasida.
Avvalroq, misrlik futbolchining transfer narxi 39 mln funt ekani aytilgandi.