Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jaloliddin Masharipov faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin

Jaloliddin Masharipov faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Eron chempionatida davom ettirishi mumkin.

Eronning tasnimnews.com saytiga asoslanib, stadion.uz xabar tarqatishicha, o‘zbekistonlik futbolchiga Tehronning "Istiqlol" klubi qiziqish bildirmoqda. Masharipov O‘zbekiston terma jamoasi bilan Eronga qarshi "Ozodiy" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yindan keyin eronlik jurnalistlarga bu borada o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Men terma jamoa bilan O‘zbekistonga qaytaman. Agentim esa "Istiqlol" bilan muzokaralarni davom ettiradi. Menga boshqa jamoalardan takliflar ko‘p, ammo menga "Istiqlol"da o‘ynash yoqadi", — dedi Masharipov.

Huquqiy jihatdan "Paxtakor"ga tegishli bo‘lgan 23 yoshli futbolchi hozirda ijara asosida "Lokomotiv"da o‘ynamoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:57, 21.06.2017.
O'qildi: 12040 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик