Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Oliy liga. “Nasaf” - “Navbahor” (prevyu)

Oliy liga. “Nasaf” - “Navbahor” (prevyu)

Baho:
+ | -

Oliy liga 15-turida “Nasaf” Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qiladi.

Uchrashuv G‘uzor shahridagi markaziy stadionda soat 19:00da boshlanadi. Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda o‘zaro 41-uchrashuvida maydonga tushishadi.
Jamoalarning yoshlari o‘rtasidagi uchrashuv, 24 iyun shanba kuni Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlarimiz qarorgohi stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari doimo keskin va murosasiz bo‘lgan. «Nasaf» o‘tgan yilgi chempionatda “Navbahor”ni o‘z maydonida 6:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Navbatdagi uchrashuv jamoalarning chempionatdagi 41-o‘yini sifatida qayd etiladi. Bungacha jamoalar 40 bor o‘zaro kuch sinashishgan. 21 uchrashuvda “ajdarlar” g‘alabaga erishishgan. 10ta o‘yinda “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan. Qolgan 9ta bahsda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati 70-59 “Nasaf” foydasiga.

Mazkur jamoalar bungacha Qarshida 20 marta kuch sinashishgan. Navbatdagisi o‘zaro 21-uchrashuv bo‘ladi. Bo‘lib o‘tgan 20ta uchrashuvning 17tasida “ajdarlar” g‘alabaga erishgan. Faqat 1 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Bu durang 2012 yili qayd etilgan. Namanganliklarning 2 uchrashuvda qo‘llari baland kelgan. Bu uchrashuvlar 1998 va 1999 yilgi mavsumlarda bo‘lib o‘tgan.
Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlarda “Nasaf” jamoasi futbolchilari “Navbhor” darvozasini 47marta ishg‘ol qilishgan. Namanganlik futbolchilar esa 18 marta gol urishga muvaffaq bo‘lishgan. Qarshida qayd etilgan eng yirik hisoblar 5:0 (2013 yili), 5:1 (2015 yili) va 6:0 (2016 yil) ko‘rinishida.
Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” jamoasi “Nasaf”ni so‘nggi bor 1999 yili mag‘lubiyatga uchratgan va 2012 yili oxirgi durang natijaga erishgan.

Qarshida o‘tkazilgan so‘nggi besh uchrashuv natijasi
2011 yil. “Nasaf” – Navbahor” 3:2
2012 yil. “Nasaf” – “Navbahor” 1:1
2013 yil. “Nasaf” – “Navbahor” 5:0
2014 yil. “Nasaf” – “Navbahor” 1:0
2015 yil. “Nasaf” – “Navbahor” 5:1
2016 yil. “Nasaf” – “Navbahor” 6:0

“Nasaf” jamoasi esa 13 uchrashuvdan so‘ng 23 ochko jamg‘arib turnir jadvalining 3-pog‘onasida bormoqda. Jamoamiz o‘tgan 14-turda “Paxtakor”ga 2:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. Natijada 2-o‘rinni yana “Qo‘qon-1912” jamoasiga bo‘shatib berdi.
“Navbahor” jamoasi esa 14 uchrashuvdan keyin 19 ochko bilan chempionat jadvalining 8-pog‘onasini egallab turibdi. Namanganlik futbolchilar o‘tgan 14-tur uchrashuvini o‘z maydonida “Olmaliq” bilan o‘tkazdi. 1:0 hisobida oldinda borayotgan “lochinlar” so‘nggi daqiqada o‘z darvozalaridan to‘p o‘tkazib yuborishdi va durang natijaga erishishdi.

“Nasaf” jamoasining ayni damda to‘purarlari ro‘yxatini serbiyalik hujumchimiz Dragan Cheran boshqarmoqda. U bu yilgi chempionatda 6 marta gol muallifi bo‘lgan. Lekin u olti o‘yinki, raqib darvozasiga yo‘l topa olmayapti. Undan klubimiz muxlislari gol kutishmoqda.
“Navbahor” jamoasida esa Nemanya Yovanovich to‘purarlar ro‘yxatini boshqarmoqda, bu futbolchi shu paytgacha 5ta to‘p kiritgan.

O‘zPFL 15-tur
“Nasaf” (Qarshi) - “Navbahor” (Namangan)
25.06.2017. “G‘uzor” markaziy stadioni. 19:00da
Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy)
Qanot hakamlari: Timur Galeev, Akbar Po‘latov (Toshkent)
Zaxira hakami: Jasur Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent)
O‘zPFL vakili: Nail Lutfulin.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 12:55, 22.06.2017.
O'qildi: 3339 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.