Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Real» yangi darvozabon sotib olishi mumkin

«Real» yangi darvozabon sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi shu yozda yangi golkiper bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmoqda.

Jurnalist Jorje Pikonning ma’lumotlariga ko‘ra, madridliklar rahbariyati Tibo Kurtua yangi mavsumga yuz foiz tayyor emas deb hisoblaydi va yoshi o‘tgani sayin bu vaziyat faqat yomonlashib borishidan xavotirda. Shuningdek, «qirollik klubi» Andrey Luninni «qaymoqranglilar»ning asosiy darvozaboni roliga mos kelmaydi deb hisoblamoqda. Shu sababli Madrid klubi yangi golkiper qidirishni boshlagan.

Shu bilan birga, «Real» faqat real va oqilona variantlarnigina ko‘rib chiqishi ta’kidlanmoqda. Jamoa darvozabonlar uchun ortiqcha pul sarflamoqchi emas.

Kiritildi: 16:31, 30.07.2026.
O'qildi: 2899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик