Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» Gonsalo Garsiyani «Fulxem»ga sotdi

«Real» Gonsalo Garsiyani «Fulxem»ga sotdi

Baho:
+ | -

Hujumchi Gonsalo Garsiya faoliyatini Angliyaning «Fulxem» klubida davom ettiradi. COPE xabariga ko‘ra, Madridning «Real» klubi londonliklar bilan o‘z tarbiyalanuvchisining transferi bo‘yicha taxminan 70 million yevro evaziga kelishuvga erishdi.

Shu bilan birga, «qaymoqranglilar» futbolchini keyinchalik qayta sotib olish bo‘yicha ustuvor huquqni o‘zlarida saqlab qolishgan.

O‘tgan mavsumda 22 yoshli forvard «Real»ning asosiy jamoasi safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga erishdi. Ushbu gollarning 6 tasi La Liga uchrashuvlariga to‘g‘ri keladi.

«Fulxem»da Gonsalo Alvaro Arbeloa qo‘l ostida to‘p suradi. Avvalroq futbolchi «Real»ning yoshlar jamoalarida sobiq himoyachi bilan birga ishlagan edi. 2024/25 yilgi mavsumda hujumchi Ispaniya uchinchi divizionida 36 ta o‘yinda 25 ta gol urgan edi.

Kiritildi: 16:33, 30.07.2026.
O'qildi: 3347 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик