Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Transfer mojarosi: «Barselona» yana qing‘ir ishlarga aralashyaptimi?

Transfer mojarosi: «Barselona» yana qing‘ir ishlarga aralashyaptimi?

Baho:
+ | -

“Barselona” hali-haligacha Neymar mojarosidan butunlay tinchib ketgani yo‘q. Chunki braziliyalik futbolchini xarid qilishda qo‘llangan ayyorlik hali-hamon Kataloniya klubi uchun tashvish tug‘dirib kelmoqda. Chunki o‘shanda “Santos” bilan ish osongina bitishiga ishonmagan “Barselona” rahbariyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri Neymar va uning otasi bilan uchrashib qo‘ya qolgan va futbolchini ko‘ndirib bo‘lgach, keyin “Santos”ga yuzlangandi. Bu esa “Santos”ga yoqmagan va ikki o‘rtada nizo kelib chiqqandi. Bora-bora bu “Neymar ishi” deya nom olgan mojaroga aylanib ketgandi.

Aftidan, bu voqealar “Barselona”ga saboq bo‘lmagan, shekilli, jamoa yana turli mojarolarga sabab bo‘lmoqda.

Dastlab Usmon Dembele voqeasiga to‘xtalib o‘tsak. Internet saytlarida “Barselona”ning aynan Bembele transferi borasida kelishuvga erishgani haqida xabar tarqalgandi va muxlislar bundan xursand ham bo‘lishgandi. Biroq keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, “Barselona” bu borada faqat Dembelening o‘zi bilan kelishuvga erishgan, Usmonning hozirgi klubi “Borussiya” esa bundan bexabar yoki bunga ko‘nmagan. Har holda Dortmund klubi shunga o‘xshash da’volar bilan sudgo murojaat qilishini ma’lum qildi.

“Santos”dan sotib olingani ta’kidlanayotgan Lima transferi esa ikkinchi mojaroga sabab bo‘ldi. Boisi internet nashrlarida “Barselona” Limani sotib olish borasida kelishuvga erishgani haqida xabar chiqqach, hatto Limaning narxi ham ma’lum qilingach, “Santos”ning paytavasiga qurt tushdi. Neymar borasida yaxshigina pand yegan Braziliya klubi bu safar otni ertaroq qamchilab qolmoqchi. Har holda yaqinda internet nashrlarida yangi xabarlar paydo bo‘ldi, unga ko‘ra “Santos” ham xuddi “Borussiya” kabi “Barselona”ni sudga bermoqchi ekan.

Nima bo‘lganda ham “Barselona”ga ikkinchi “Neymar ishi” og‘irlik qiladi. Shunday ekan, umid qilamizki, bu safar katta mojaro yuzaga kelmaydi.

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 03:12, 24.06.2017.
O'qildi: 13782 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.