«Manchester Siti» darvozaboni Klaudio Bravo jamoani tark etmoqchi emas.
ESPN xabariga ko‘ra, «Benfika» iqtidori Edersonning xarid qilinishi Bravoning rejalarini o‘zgartirmagan. 34 yoshli futbolchi u bilan raqobatlashishga tayyor va boshqa klubga o‘tish haqida o‘ylamayapti. Bu haqda u bosh murabbiy Pep Gvardiolaga aytgan.
O‘tgan mavsumda Chili terma jamoasi darvozaboni APLda 22ta o‘yinda maydonga tushib, 26ta gol o‘tkazib yuborgan.