Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

«Barselona»ning toza golini hisobga olmagan hakam Primerada eng yaxshi deb topildi

«Barselona»ning toza golini hisobga olmagan hakam Primerada eng yaxshi deb topildi

Baho:
+ | -

Alexandro Xose Ernandes Ispaniya chempionatining 2016/17 mavsumi eng yaxshi hakami deb topildi.

Bu haqda Primera hakamlarining texnik qo‘mitasi qaror chiqargan, deb xabar bermoqda As.

O‘tgan mavsumda Ernandes eng katta shov-shuvga sabab bo‘lgan bahslardan birini boshqargan. 20-turdan o‘rin olgan «Betis» - «Barselona» (1:1) o‘yinida u kataloniyaliklarning toza golini hisobga olmagan. 78-daqiqada, hisob mezbonlar foydasiga 1:0 bo‘lib turganida, Neymarning zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tgan, biroq himoyachi Ayssa Mandi uni chiqarib yuborishga ulgurgandi. Bosh hakam Alexandro Xose Ernandes esa gol bo‘lganini payqamay qolgandi.

Keyinchalik, kataloniyaning Sport nashri to‘p darvoza chizig‘ini 57 sm.ga kesib o‘tganini hisoblab, golni aniqlash texnologiyasini zudlik bilan joriy etilishini talab qilgandi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 18:31, 26.06.2017.
O'qildi: 7991 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.