Norvegiya chempionati doirasidagi uchrashuvlardan birida «Sandefyord» futbolchisi Pau Morer Visente «Tromsyo» o‘yinchisini to‘xtatib qolish uchun uning futbolkasidan ushladi. Ammo u raqibni to‘xtata olmasdan yiqildi, raqib esa (Tomas Lene Olsen) yugurishda davom etdi. Natijada raqib futbolkasini qo‘yib yubormagan Pau Morer Visente maydon bo‘ylab taxminan 10 metrcha sudralib yurdi.