Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Ravshan Ermatov: «Xatoni 10 yillab muhokama qilishdan ko‘ra, bir daqiqa yo‘qotgan ma’qul»

Ravshan Ermatov: «Xatoni 10 yillab muhokama qilishdan ko‘ra, bir daqiqa yo‘qotgan ma’qul»

Baho:
+3 | -

Yetakchi referimiz Ravshan Ermatov Konfederasiyalar kubogi-2017 turnirida videohakam sifatida ish olib bormoqda.

- Konfederasiyalar kubogida videoarbitr sifatida ishlayabsiz. Vazifangiz nimalardan iborat?

- Futbol shunchalik tezlashib ketdiki, hakamlar hamisha to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun kerakli pozisiyani egallashga ulgurishmayapti. Misol uchun, penalti belgilashda shunday vaziyatlar yuzaga kelyaptiki, hakamlar ularni shunchaki, ko‘rishmayapti, kartochka berishmayapti. Demakki, jamoalar hakamlik xatolaridan jabr chekmasligi kerakligini inobatga olsak, futbol uchun videoyordamchi juda zarur. Tushunarliki, videoassistent har bir vaziyatga aralashavermaydi. Lekin shaxsiy fikrimcha, ushbu tizim kerak.

- Avvaliga videotakrorlar tizimiga qarshi chiqqanlar bundan foydalanish natijasida o‘yin sur’ati tushib ketishidan nolishgandi. Shunday emasmi?

- Bugungi asosiy maqsadimiz - ehtiyotkorlik. Bu vaqtdan muhimroq bo‘lib qoldi. Deylik, bitta vaziyat tahlili uchun ko‘pi bilan 1 daqiqa ketadi. Ammo hakamning bitta jiddiyroq xatosini 10 yillab gapirishadi, muhokama qilishadi. Oldimizda barcha xatolar oldini olish vazifasi yo‘q. Ya’ni videoassistent kichik xatolarga e’tibor qaratmaydi. Axir insoniy faktordan qochib qutulish ilojsizdir. Eng asosiysi, penalti belgilash, golni aniqlash va chetlatish payti katta xatolardan qochish kerak. Xullas, videotakrorlar e’tibori aynan shu jihatlarga qaratiladi.

- Bosh hakam bunday yordamchiga ega bo‘lgach, bo‘shashib ketmaydimi?

- Bunisi har bir insonning o‘ziga bog‘liq. Shaxsan o‘z haqimda gapirsam, brigadamga videoreferi tayinlanishi yoki tayinlanmasligidan qat’iy nazar, hech qachon diqqat-e’tiborni susaytirmayman. Zero, barchasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni istayman.

- Umuman, yangilik ortidan hakamlarga nisbatan ruhiy bosim darajasi pasayadimi?

- Albatta. Axir katta turnirlardagi xatoning ahamiyati juda baland, oqibati yomon. Shu bois, hakamlar hamisha kuchli bosim ostida ishlashadi. Buning ta’sirida esa yana xato qilish mumkin. O‘ylashimcha, videotakrorlar tizimining amalga tatbiq etilishi bilan referilar o‘zlarini erkinroq his qilishadi va yanada sifatli ish olib borishadi.

- Aytingchi, faoliyatingiz davomida keyinchalik tushlaringizga kiradigan xatolar ham uchraganmi?

- Hakam deyarli har bir o‘yinda xato qiladi, qaysidir vaziyatda adashadi. Ularni vaqtida tahlil qilib, kerakli xulosalar chiqarsangiz, bas. Muhimi, xatongiz o‘yin hisobi, turnirga ta’sir qilmasligi kerak.

- Arbitrlarni vijdon azobi qiynaydimi?

- Gap vijdonda emas. U bizni hech qachon tark etmaydi. Shunchaki, insoniy faktorlar bor. Masalan, vaziyatni aniq ko‘rmay qolishingiz mumkin. Umuman, hakamlar qanday tayyorgarlik ko‘rishlarini hech kuzatganmisiz? Hattoki, futbolchilar ham o‘yin­larga bunchalik qattiq hozirlik ko‘rishmaydi.

- Tushunarliki, videohakam tizimi sinov tariqasida amaliyotdan o‘tkazilmoqda. Sizningcha, bu tizim JCH-2018da ham qo‘llaniladimi?

- Tizim juda yaxshi. Bu haqda ko‘p gapirishdi. U futbolning yanada shaffoflashishiga yordam berar ekan. Eng asosiysi, mazkur tizim futbolchilar va muxlislarning hakam xatosi tufayli aziyat chekishlari oldini oladi. 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:48, 29.06.2017.
O'qildi: 6999 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.