Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Oliy liga. “Lokomotiv” – “Metallurg”: o‘zaro uchrashuvlar tarixi haqida

Oliy liga. “Lokomotiv” – “Metallurg”: o‘zaro uchrashuvlar tarixi haqida

Baho:
+-1 | -

Oliy Liga peshqadami “Lokomotiv” 30 iyun kuni 3-turning qoldirilgan o‘yinida “Metallurg” bilan bellashadi.

Qayd etish joizki, ushbu ikki jamoa shu paytga qadar Oliy Ligada 24 bor o‘zaro to‘qnash kelishgan bo‘lib, yaqqol ustunlik “Lokomotiv” futbolchilari tomonida. Poytaxtliklar o‘yinlarning 14 tasida g‘alabaga erishgan bo‘lsa, bekobodliklar o‘zaro bellashuvlarning 3 tasinigina o‘z foydalariga hal eta olishgan. Yana 7 ta bahsda g‘olib aniqlanmagan – durang.

Raqib darvozasini ishg‘ol etish bobida ham ustunlik “Loko” vakillari tarafida bo‘lib turibdi. “Temiryo‘lchilar” shu paytga qadar 46 bor “Metallurg” darvozasiga yo‘l topa bilishgan hamda 19 marta o‘z darvozalaridan to‘p o‘tkazib yuborishgan.

“Lokomotiv”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 5:1 bo‘lib, bunday hisobda toshkentliklar ikki bor g‘alabaga erishgan (2012 va 2014 yillarda). Shuningdek, 2013 yilda “Loko” vakillari bekobodliklarni safarda 4 ta to‘p farqi bilan mag‘lub etishni uddalashgandi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Bekobod jamoasi “Lokomotiv”ni 3 bor mag‘lub etgan va shu o‘yinlarning barchasida 1:0 hisobi qayd etilgan. So‘nggi bor “Metallurg” “Lokomotiv” ustidan 2010 yilda g‘alaba qozonishni uddalagan.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 14:56, 29.06.2017.
O'qildi: 4038 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик