Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

O‘zbekiston kubogida bugun Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston kubogida bugun Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining chorakfinalidan joy olgan uch bellashuv bugun — 30 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Bunda Vadim Abramov va Mirjalol Qosimov boshchilik qilayotgan ikki klub o‘zaro Farg‘onada to‘qnash keladi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tomon O‘zbekiston kubogining yarim finaliga yo‘llanma oladi.

«Neftchi» Oliy liganing birinchi davrasini 15-o‘rinda yakunlagan bo‘lib, Abramov tashrifidan keyin uch uchrashuv o‘tkazdi va ikki bor mag‘lub bo‘ldi, bir marta durang o‘ynadi. Turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turgan «Bunyodkor» esa Mirjalol Qosimov boshqaruvida G‘uzorning «Sho‘rtan» klubini kubokdagi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:0 hisobida taslim qilib, turnirdan chiqarib yuborgandi. Chempionat doirasida esa olti o‘yinda ishtirok etib, ikkita o‘yinni boy berdi, ikki marta durang o‘ynadi va ikki marta g‘olib chiqdi. Zafar quchgan o‘yinlarida kuchli uchlikda borayotgan jamoalarga qarshi to‘p surdi.

Bugun, shuningdek, Qarshining «Nasaf» klubi rekonstruksiyadan chiqqan stadionda «Qo‘qon-1912» klubini qabul qiladi. Bellashuv oldidan qarshilik futbol muxlislari uchun bayram dastari taqdim etiladi. Va nihoyat uchinchi uchrashuvda «Mash’al» Samarqandning «Dinamo» klubi mehmoni bo‘ladi.

O‘zbekiston kubogi chorakfinalidan joy olgan to‘rtinchi uchrashuv 4 iyul kuni bo‘lib o‘tadi va unda «Buxoro» o‘z maydonida Toshkentning «Lokomotiv» klubini qabul qiladi. Mazkur o‘yin qolganlaridan kechroq o‘tishiga sabab shundaki, «temiryo‘lchilar» bugun Oliy liganing 3-turidan qolib ketgan o‘yinida «Metallurg»ni qabul qiladi.

O‘zbekiston kubogi
Chorakfinal
30 iyun, juma
«Dinamo» — «Mash’al»
«Neftchi» — «Bunyodkor»
«Nasaf» — «Qo‘qon-1912»

4 iyul, seshanba
«Buxoro» — «Lokomotiv»

O‘zbekiston Oliy ligasi
3-turdan qolgan o‘yin
30 iyun, juma
«Lokomotiv» — «Metallurg»

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:57, 30.06.2017.
O'qildi: 3685 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.