Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Samvel Babayan nima maqsad bilan Rossiyaga bordi?

Samvel Babayan nima maqsad bilan Rossiyaga bordi?

Baho:
+ | -

Rossiyada Konfederasiyalar kubogining hal qiluvchi bahslari davom etmoqda.

O‘zbekistonning JCH saralashi doirasidagi hozirgi holati barchaga ma’lum – Xitoy va Janubiy Koreyani mag‘lub etishsa, bas. Ammo guruhda hali uchinchi o‘rin uchun ham kurash davom etmoqda. Xo‘sh, Konfederasiyalar kubogi turniri terma jamoamizning tayyorgarlik jarayoniga qanday ta’sir o‘tkazishi mumkin.

KENGURULAR YURTIDAN KELGAN FUTBOL

Avvalo, Avstraliya terma jamoasining saralash bahslaridagi holatiga qarasangiz, ularning ahvoli ham havas qilar darajada emas. Xuddi O‘zbekiston kabi desak ham bo‘ladi.

Albatta, “sokkeruz”ning mazkur turnirda g‘alaba qozonishini ham hech kim kutmagandi. Ammo Germaniya terma jamoasi darvozasiga kiritilgan ikki gol va Chili bilan durang jamoaning darajasini ko‘rsatib turgandek.

Avstraliyaliklarga nima yetishmadi? Balki vaziyatlarni golga aylantirishda sovuqqonlik yetishmagandir? Tezkor paslar, to‘p bilan ishlash san’ati, jamoaviy tarzda to‘pni ushlash barchasi yaxshi shakllangan.

Ayniqsa, Chiliga qarshi o‘yinda Avstraliyaning texnik tomondan kuchli ekanligi va to‘pni qanot-qanotga oshirishdagi aniqlik ko‘rindi va chililik himoyachilar ularni yopishga ulgurmay qolishdi.

Shuningdek, avstraliyaliklar jarima zarbalari vaqtida raqib jarima maydonidan joy olishda ham ancha samarali o‘yin ko‘rsatishdi. Ha, aynan manashu yaxshi shakllangan faktorlar va yil davomida kerakli natijalarga erishgani uchun uchun ham “sokkeruz” manashu turnirda ishtirok etdi.

MEKSIKACHA RITM VA BARQARORLIK

Faras qiling, O‘zbekiston terma jamoasi saralash bahslarida uchinchi o‘rinni oldi va pley-off bahsida KONKAKAF mintaqasining to‘rtinchi o‘rinni egallagan jamoasiga ro‘baro keldi.

Jadvalning hozirgi holatiga qarab aytadigan bo‘lsak, bu o‘ringa nomzod jamoalar AQSH, Panama va Gonduras.

Bu jamoalar so‘nggi yillarda Meksika terma jamoasi bilan raqobatlashib kelmoqda va meksikaliklar ko‘pincha bulardan ustun kelmoqda.

Sochi va Kazan maydonlarida bo‘lib o‘tgan o‘yinlar ko‘rsatdiki Meksikaning ustunligi o‘yinchilarning sifati hamda jamoaviy barqarorlikda. Meksikaliklar to‘p nazoratidan ham ko‘ra ko‘proq tezkor hujumlar hisobiga o‘yin ko‘rsatishga harakat qiladi.

Bu taktika xuddi 1986 yilgi Jahon chimpionatida ishtirok etgan Valeriy Lobanovski boshqaruvida SSSR terma jamoasining o‘yiniga o‘xshaydi. O‘sha yilgi Mundial aynan Meksikada bo‘lib o‘tgandi.

Portugaliyaga qarshi o‘yinda meksikaliklar har ikki golni ham taymlar yakunida kiritishdi. Garchi Portugaliya butun o‘yinni nazorat qilishga intilgan bo‘lsada, shimoliy amerikaliklar o‘z ishini uddalashdi.

Rossiyaga qarshi Qozondagi o‘yinda esa Ruslar Meksikani mag‘lub etish yo‘lini topgandek tuyula boshlagandi, ammo kerakli joyda o‘yinga tepm qo‘shishdi va natijaga erishishdi.

Bularning barchasi oldindan o‘ylangan tak-tika asosida shakllangan o‘yindek.

Ammo kecha bo‘lib o‘tgan Germaniyaga qarshi kechgan o‘yinda meksimaliklarga qaysidir jihat yetishmay qoldi.

Xulosa shuki, turnir autsayderlari ham o‘rtacha jamoalari ham yetakchilarga qarshi qo‘rqmay kurashga kirishdi. Shunisi ma’lumki, har-bir jamoaning o‘ziga yarasha taktikasi, o‘yin uslubi bor.

Xo‘sh, bizning terma jamoamizchi? Oldinda ikkita o‘yin qoldi, buyog‘iga yo‘qotadigan hech narsa qolmadi.

Ustiga - ustak terma jamoamizning "buyuklik"da tanilgan murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan ham Rossiyada o‘tayotgan nufuzli musobaqa mehmoni bo‘ldi.

Ho‘sh, shuncha sarf-harajat orqali biror bir natijaga yetishib bo‘ladimi? Oldimizda turgan muhim ikki o‘yinda kamida kichik 1:0 hisobi aks oladimi.

Bularning barchasiga 5 - sentyabr kuni Toshkentga bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvidan so‘ng javob olamiz. O‘FF vakillari halqqa bergan va’dalarini bajara olishadimi? Yoki biz yana Jahon Chempionati musobaqasini shunchaki televizor orqali tomosha qilamizmi?

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 17:19, 30.06.2017.
O'qildi: 16815 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.