Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Azizbek Amonov: "Tajribali futbolchilar maydonda yordam berishmoqda"

Azizbek Amonov: "Tajribali futbolchilar maydonda yordam berishmoqda"

Baho:
+ | -

Oliy Liga 3-turining qoldirilgan bellashuvida “Lokomotiv” - “Metallurg” (3:1) o‘yini o‘tkazildi.

Uchrashuvda “Lokomotiv” jamoasining yosh yarim himoyachisi Azizbek Amonov Oliy Ligadagi debyut golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Iste’dodli futbolchi klub matbuot xizmatiga o‘zining o‘yin xususidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:

«Bugun “Metallurg”ga qarshi qiyin uchrashuv o‘tkazdik. Sababi raqib jamoa ham ancha yaxshi o‘yin namoyish etdi. Lekin yakunda baribir “Lokomotiv” 3 ochkoni qo‘lga kirita oldi.

Ushbu g‘alabada mening ham oz bo‘lsa-da xissam borligidan mamnunman. Murabbiylar ishonib maydonga tushirishdi. Ularning ishonchini oqlashga urindim. Qo‘ldan kelgancha harakat qildim. Gol kiritilgan vaziyatda esa jamoadoshlarimning ulushi juda katta bo‘ldi. Aynan ulkan tajribaga ega futbolchilar menga maydonda qanday harakatlanishim borasida tavsiyalar berib turishdi. Bunday qo‘llab-quvvatlashdan mamunman.

Keyingi o‘yinlarda ham jamoamiz g‘alaba qozonaverishini istayman. G‘alaba – butun jamoaniki. Unda bugun maydonga chiqqan barcha-barchaning xissasi bor», - dedi yosh futbolchi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 23:08, 30.06.2017.
O'qildi: 3712 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик