Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 0-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Oleg Tyulkin: «Kubokning yarimfinali masalasi Muborakda hal bo‘ladi»

Oleg Tyulkin: «Kubokning yarimfinali masalasi Muborakda hal bo‘ladi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi chorakfinal dastlabki uchrashuvi doirasidagi «Dinamo» - «Mash’al» (0:1) o‘yinidan keyin, mezbonlar bosh murabbiyi Oleg Tyulkin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘yin tizgini bizning qo‘limizda bo‘lsada, mana ikkinchi uchrashuvdirki «Mash’al» darvozasiga yo‘l topa olmadik. Jamoa kichik paslar orqali hujumlar tashkil etib, raqib himoyasini buzib o‘tishga intildi, ammo gohida darvozabon, gohida esa himoya chizig‘i gol urishimizga to‘sqinlik qildi. Qarshi hujumda esa raqibning kam sonli hujumlaridan birini o‘tkazib yubordik. Raqibning goli kutilmagan zarba evaziga kiritildi. Bugungi natijani o‘yinga mos deya olmayman. Oldindi hali imkoniyat bor ekan kurashishda davom etamiz. Muborakda o‘zimiz uchun kerakli natijaga erishish uchun mashg‘ulotlarda puxta tayyorgarlik ko‘rishga intilamiz. Yarim final masalasi Muborakda hal bo‘ladi. Bugungi mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘rayman. Ular bizni qo‘llab-quvvatlab turishibdi. Javob bahsi ham qiziqarli bahs bo‘lishi aniq» - dedi Oleg Pavlovich Tyulkin.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:57, 01.07.2017.
O'qildi: 3078 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик