Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Entoni Xadson - «yosh Mourinyo»ning taqdir yo‘li

Entoni Xadson - «yosh Mourinyo»ning taqdir yo‘li

Baho:
+ | -

Konfederasiyalar kubogida Okeaniya sharafini himoya qilgan Yangi Zelandiya termasini o‘ziga xos murabbiy Entoni Xadson shug‘ullantiradi.

Ta’kidlash joizki, ushbu mutaxassis hayoti davomida taqdirning turli chig‘iriqlaridan o‘tgan. Rossiyalik hamkasblarimiz o‘z termalari bilan bir guruhdan joy olgan jamoa ustozi haqida maqola tayyorlashdi.

Omadsiz futbolchi

Xadson o‘yinchilik faoliyatini 1998 yili boshlab, 10 yildan so‘ng tugatgan. Uni o‘z davrining eng yomon angliyalik yarim himoyachilaridan biri sifatida tanishardi. Otasi Entonini «Vest Xem» yoshlar jamoasiga joylab qo‘ygach, keyingi uch yilni ushbu maskanda o‘tkazdi, professional darajada ikkinchi liga bahs­larida bitta mavsum o‘tkazdi. Akademiyadan qo‘yib yuborishgach, Britaniyadagi faoliyati ko‘ngildagidek kechmadi. Shundan so‘ng Gollandiyaga yo‘l olib, «NEK» klubida olti oy to‘p surdi va boshlang‘ich tarkibga kirish imkoniyatlari oshdi. Ammo kutilmaganda ikki yillik shartnomani bekor qilib, AQSHga otlandi. Agar o‘sha kezlari Xadsonning taqdiri kimnidir qiziqtirganida, bu voqealar jurnalistik maqola uchun ajoyib manbaga aylanishi muqarrar edi.

Ota va alkogol

Entonining otasi Alan Xadson o‘tgan asrning 70-yillarida eng yaxshi angliyalik yarim himoyachilardan biri bo‘lgan, «Chelsi» va «Arsenal» safida to‘p surgan. Angliya kubogi, UYEFA kubok egalari kubogini qo‘lga kiritgan va tabiiyki, termadan taklif olgan. Entoni o‘sha damlarni eslarkan, shunday deydi: «Otam hamisha mening kumirim edi, aynan u kabi kuchli sportchi bo‘lishni o‘z burchim deb hisoblardim».

Xadson 17 yoshga to‘lganida otasi avtohalokatga uchradi. Ushbu voqeadan so‘ng Entoni spirtli ichimlikka ruju qo‘ydi. Albatta, futbolchi sog‘­lom turmush tarziga amal qilib, har kuni shug‘ullanishi lozim. Ammo gap bunda emasdi. Umuman, muammoning futbolga taalluqli jihatlari yo‘q edi. Xadson kun sayin o‘z hayotini o‘zi barbod etayotgandi. Ikki oylik koma va 70ta (!) operasiyadan so‘ng otasi tuzala boshladi, ammo nogiron bo‘lib qoldi. Entonini esa to‘xtatishning iloji topilmadi.

«Har kuni barga qatnardim, mast holda mushtlashayotganimda tartib posbonlari tutib ketishardi, hammasi nazoratdan chiqqandi». Tanishlarining tinimsiz tanbeh berishlari, sharmandalik hissi, qarzlar tufayli Xadson Angliyadan Gollandiyaga ketishga qaror qildi. So‘ngra AQSHga yo‘l oldi. Uning ishlari o‘z-o‘zidan yurisha boshladi, yovvoyi hayot tarziga qaramay, futbol klublari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.

Amerika uchinchi divizionida qatnashuvchi yarimhavaskorlar darajasidagi «Uilmington Xammerxeds» jamoasini tanladi. Shu o‘rinda Xadson barlarga borishni kanda qilmadi, ammo keyinroq hammasi o‘zgardi: «Anonim alkogoliklar yig‘ilishida qatnashdim. O‘shanda bir ayol yonimga kelib, qaytib ichmasligim lozimligini ta’kidladi».

Vaziyatning o‘zgarishiga Xadsonning murabbiylikka kirgani ham sabab bo‘ldi. «Xammerxeds»da moliyaviy muammolar borligi tufayli qahramonimiz futbolchi va jamoa ustozi vazifalarini uyg‘unlashtirishga qaror qildi. Dastlab omadi yurishdi, kelgusi mavsumdan esa o‘sha havaskorlar divizionidagi «Real Merilend»ni to‘laqonli boshqara boshladi. Natijada 27 bahorni qarshilaganda Amerika futbol ligalari tarixidagi eng yosh murabbiyga aylandi, 30 yoshida esa UYEFAning «Pro» toifasiga ega bo‘ldi. Xadsonning faoliyati angliyaliklarni befarq qoldirmadi va 2010 yili u «Tottenxem»ga kelib, Xarri Rednappga yordamchilik qildi.

«Yosh Mourinyo»

Bir kuni Rednapp assistentini aynan shunday chaqirdi - yosh Mourinyo. Nega bunday degani noma’lum, ammo hamma Xadsonning nomiga murojaat etilgan pallada chiroyli taxallusdan foydalanardi. Aslida, hammasi tushunarli. Entoni - «Benazir»ning muxlisi. Hattoki, kumiridan murabbiylik saboqlarini olish maqsadida ispan tilini o‘rgandi, Mourinyo Madridning «Real» klubida ishlayotganda u yerda amaliyot o‘tadi.

Uning murabbiylik faoliyati qaysidir jihatlari bilan portugaliyalik hamkasbinikiga o‘shab ketadi. Mourinyo ham futbolchi sifatida asosiy vaqtini zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgan, asosan o‘z mamlakatining ikkinchi divizioni jamoasida to‘p surgan. O‘rtamiyona «Portu» boshqaruvida esa jahon darajasiga ko‘tarilgan.

Xadson UYEFA kubogida zafar quchmagan, ammo Osiyodagi termalarda muvaffaqiyatli ishladi. Rednapp «Tottenxem»ni tark etganida Entoni Bahrayn yoshlarini shug‘ullantirish uchun «sariq qit’a»ga otlandi. Ushbu jamoa bilan fors ko‘rfazi kubogini qo‘lga kiritdi. Bir yildan so‘ng uni kattalar termasi bosh murabbiyligiga tayinlashdi, yana bir yildan so‘ng esa Okeaniya mintaqasida eng yirik hisoblanuvchi Yangi Zelandiya federasiyasi bilan shartnoma imzoladi.

To‘g‘ri, Okeaniyada imkoniyatlar past, hattoki, o‘ta zerikarli bo‘lgani uchun uni Avstraliya ham tark etgan. Hoynahoy, Yangi zelandiyaliklar bu fikrga qo‘shilmasalar kerak. Xadson ham. Mutaxassis u yerda Millatlar kubogida zafar quchdi. Yangi Zelandiya termasi ushbu musobaqada 10 yildan buyon g‘olib chiqmayotganini inobatga olsak, mazkur natija mahalliy aholini quvontirmay qo‘ymadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:36, 02.07.2017.
O'qildi: 3616 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.