«Paxtakor» klubi ikkinchi davraga tayyorgarlikni 7 iyuldan boshlaydi.
5 va 6 iyul kunlari futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 7 iyul kunidan bevosita mashg‘ulotlarga kirishiladi.
Shota Arveladze boshchiligida 7-19 iyul kunlari Toshkentda yig‘inning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. 20-30 iyulda esa Turkiyaning Istanbul shahrida xorij yig‘ini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
6 avgust kuni ikkinchi davra Navoiyda "Qizilqum" jamoasiga qarshi uchrashuv bilan start oladi.
Nazorat o‘yinlaridagi raqiblar nomi tez orada ma’lum bo‘ladi.