«Real» yarim himoyachisi Karlos Kazemiro jamoadoshi Krishtianu Ronalduning klubdan ketmasligiga umid bildirdi. Portugaliyalik futbolchining o‘zi ham «Qirollik klubi» prezidentiga jamoani tark etmasligini aytgan.
«Ronaldu «Real»da qolishini istardim. U jahonning eng yaxshi futbolchisi, men unga qarshi o‘ynashni istamasdim. Boisi, u bizning jamoada bo‘lishi xohlayman», — dedi Kazemiro.