Kirish Ro'yxatdan o'tish

Aleksis Sanches «Manchester Siti»ga o‘tishni istamoqda

Aleksis Sanches «Manchester Siti»ga o‘tishni istamoqda

Baho:
+ | -

«Arsenal» hujumchisi Aleksis Sanches jamoani tark etishni istamoqda. Chililik futbolchi Xosep Gvardiola bilan birga ishlash imkoniyatiga ega bo‘lish uchun «Manchester Siti»ga o‘tishni xohlamoqda.

Sanches «Arsenal» va Arsen Vengerni hurmat qiladi, ammo uning uchun Chempionlar ligasida o‘ynash muhim ahamiyatga ega. "Kanonirlar" esa YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadilar.

«Man Siti» Sanchesga taklif bilan chiqdi va u bu taklifga rozilik berdi. Manchesterliklar Aleksisning transferi uchun «Arsenal»ga 47 million funt taklif qilishmoqda.

Sanchesning «Arsenal» bilan shartnomasi 2018 yilda yakuniga yetadi. Avvalroq "kanonirlar" rahbariyati futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:36, 08.07.2017.
O'qildi: 5558 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик