Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Ki Song Yong va Son Xeung Min O‘zbekistonga qarshi o‘yinda maydonga tusha oladi

Ki Song Yong va Son Xeung Min O‘zbekistonga qarshi o‘yinda maydonga tusha oladi

Baho:
+ | -

Bugun Janubiy Koreya OAVlari xabariga ko‘ra, Ki Song Yong ("Suonsi") va Son Xeung Min ("Tottenhem") JCH saralash bosqichidan o‘rin olgan Eron va O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarda maydonga tusha olishadi.

Son Xeung Min keyingi hafta Tumanli Albionga uchib ketadi. Lekin u o‘z klubining AQSHga qiladigan turnesida ishtirok etmaydi. U 12 avgust kuni start oladigan Angliya premyer-ligasida maydonga tushishi mumkin.

Tizzasidagi jarohatidan asta-sekin forig‘ bo‘layotgan Ki Song Yongning ham holati yaxshilanmoqda. Terma jamoa shifokorlari fikricha, Ki Song Yong Qatar bilan o‘yinda jarohat olmagan. U eski jarohatini yangilab olgan, xolos.

Shuningdek, bu yil qishda Fransiyaning "Dijon" klubiga o‘tgan yarimhimoyachi Kvon Chang Xun ham bosh murabbiy Shin Te Yongning nazariga tushgan. O‘tgan hafta u o‘z jamoasining "Nansi" bilan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etib o‘yinda kiritilgan yagona golga hammualliflik qilgan. Kuni kecha Shin Te Yong Fransiya chempionatida qatnashuvchi ushbu futbolchi bilan videoqo‘ng‘iroq orqali 20 daqiqa muloqot qilganligi ma’lum bo‘ldi.

8 iyul kuni Key-liga doirasidagi "Chonbuk" - "Ulsan", 9 iyul kuni esa "Suvon" - "Jeju Yunayted" o‘yinlarini bevosita stadiondan turib kuzatgan Shin Te Yong mahalliy matbuotga bergan intervyusida yoshidan qat’iy nazar termaga foydasi tegadigan har qanday futbolchini tarkibga jalb qilishini ta’kidlagan.

"Menga futbolchining yoshi farqsiz. Jamoaga foydasi tegsa Li Dong Guk (39 yosh; "Chonbuk")ni ham chaqirishim mumkin. Men 1-2 yilni emas, 1-2 ta o‘yinni hal qilmoqchiman. Hamma narsani shu 2 o‘yinga tikkanmiz. Eron termasi avval gol urib olsa, vaqtni cho‘zish payida bo‘ladigan jamoalardan hisoblanadi. Biz hamma narsaga tayyor turishimiz va 3-4ta variantni o‘ylab qo‘yishimiz kerak", — dedi Shin Te Yong "Sports Seoul" nashriga bergan intervyusida.

Otabek Yo‘ldoshev
Janubiy Koreya, Seul

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:31, 10.07.2017.
O'qildi: 10258 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.