Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Konfederasiyalar kubogida qanday ko‘rsatgichlar qayd etildi?

Konfederasiyalar kubogida qanday ko‘rsatgichlar qayd etildi?

Baho:
+ | -

Futbol sifati nuqtai-nazaridan yuqori baholangan Konfederasiyalar kubogi turnirda muxlislar tashrifi chakki bo‘lmagani qiziqish darajasini ko‘rsatib turibdi. Chunonchi, KK-2017 o‘yinlarini jami 628304 muxlis bevosita stadionlarda kuzatdi. Bu turnir tarixidagi uchinchi yaxshi ko‘rsatkichdir.

- Germaniya termasi Konfederasiyalar kubogini jahon chempioni maqomida qo‘lga kiritgan ilk jamoaga aylandi. Bungacha amaldagi JCH g‘olibiga bu turnirda bosh sovrin yutish nasib etmagandi.

- Bundestim ustozi Yoaxim Lyov futbol tarixida ham jahon chempionati, ham Konfederasiyalar kubogida zafar quchgan to‘rtinchi mutaxassis bo‘ldi. Yoggidan tashqari, Mario Zagallo, Karlos Alberto Perreyra va Luiz Felipe Skolari Braziliya termasini har ikki turnir shohsupasiga yetaklashgani bilan maqtanishlari mumkin.

- Germaniya termasi - o‘z tarixida jahon va Yevropa chempionati hamda Konfederasiyalar kubogida g‘alaba qozongan ikkinchi jamoadir. Fransiya milliy jamoasi ham shunday «xet-trik»ka ega.

- Chili terma jamoasi vakili Klaudio Bravo KK-2017ning eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olindi. 34 yoshli kiper guruh bosqichidagi ilk 2ta o‘yinni salomatligiga bog‘liq muammo tufayli o‘tkazib yuborgandi. Keyingi 3ta bahsda esa atigi 2ta gol qo‘yib yubordi.

- Turnirning «Oltin butsa»si g‘olib jamoa hujumchisi Timo Vernerga nasib etdi. 23 yoshli futbolchi musobaqa davomida 3ta gol urdi. Aslida uning jamoadoshlari Lars Shtindl va Leon Goreska ham raqiblar darvozasini 3 martadan ishg‘ol qilishdi, ammo Vernerga yana 2ta golga assistentlik qilgani qo‘l keldi.

- Turnirning barcha uchrashuvlarida ishtirok etib, nemis jamoasini g‘alabalar sari yetaklagan 23 yoshli  Yulian Draksler «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritdi. Avvalgi Konfederasiyalar kubogi musobaqalarida Denilson, Ronaldinyo, Rober Pires, Tyerri Anri, Adriano, Kaka va Neymar eng yaxshi futbolchi maqomini olishgandi.

- JCH va KK tarixida ilk marta o‘yinning qo‘shimcha bo‘limlarida ikki nafar futbolchi maydondan chetlashtirildi. 3-o‘rin uchun kechgan Portugaliya - Meksika uchrashuvining 106-daqiqasida Nelson Semedu xavfli o‘yin uchun 2-marta ogohlantirildi va portugallar o‘n kishi bo‘lib qolishdi. Yana 6 daqiqadan so‘ng esa Elizeuning ko‘kragiga oyoq bilan zarba bergan Raul Ximenes ham maydonni ertaroq tark etdi.

- Portugaliya termasi o‘z tarixida ilk marta Konfederasiyalar kubogi sovrindoriga aylandi. Jamoa 3-o‘rin uchun kechgan bahsda Krishtianu Ronaldusiz ham o‘z maqsadiga erishdi - 2:1.

- Chili va Germaniya termasi o‘rtasidagi final o‘yinini «Sankt-Peterburg» arenasida 57268 muxlis tomosha qildi. Bu Konfederasiyalar kubogi-2017da kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

- Final o‘yinida Chili termasi himoyachisi Gonsalo Xara raqibi - nemislar hujumchisi Timo Verner boshiga tirsagi bilan og‘riqli zarba berdi. Bu holatda uchrashuvni boshqarib borgan Milorad Majich videoassistentlar yordamiga ehtiyoj sezdi. Yakunda Xaraning qo‘polligi sariq kartochkaga munosib ko‘rildi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 21:56, 10.07.2017.
O'qildi: 7552 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик