Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“Lokomotiv” Belarusda 3ta nazorat o‘yini o‘tkazadi

“Lokomotiv” Belarusda 3ta nazorat o‘yini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

“Lokomotiv” jamoasi davralar oralig‘idagi tanaffusdan unumli foydalanish hamda Oliy Liganing ikkinchi davrasiga munosib hozirlik ko‘rish maqsadida Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi.

Jamoa Minskda 21 iyulga qadar mashg‘ulotlar olib boradi. Ushbu yig‘in davomida 3 ta nazorat bellashuvi o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, “Temiryo‘lchilar” 14 iyul kuni Mogilyov shahrining “Dnepr” jamoasiga qarshi bahs yuritishadi. Ikkinchi nazorat o‘yini esa 16 iyulda Minskning “Dinamo” jamoasiga qarshi bo‘ladi. So‘nggi match esa 18 iyulda “Slusk” klubiga qarshi o‘tishi belgilangan.

Ta’kidlash joizki, har uchala raqib ham Belarus yuqori ligasi ishtirokchilari sanaladi. “Dinamo Minsk” Belarus chempionatida 3-pog‘onada borayotgan bo‘lsa, “Slusk” 4-o‘rinni egallab turibdi. “Dnepr” esa 16 jamoa orasida 11-o‘rinda ketmoqda.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 13:57, 12.07.2017.
O'qildi: 3925 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик