Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Bugun Londonda para-atletika bo‘yicha jahon chempionati start oladi

Bugun Londonda para-atletika bo‘yicha jahon chempionati start oladi

Baho:
+ | -

Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida bugun para-atletika bo‘yicha jahon chempionati boshlanadi.

23 iyulga qadar davom etadigan mazkur nufuzli musobaqada 1300ga yaqin sportchilar 213ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradilar. Ular orasida O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasining yetti nafar a’zolari ham vatanimiz sharafini ximoya qiladilar.

Erkaklar o‘rtasida yengil atletikaning disk va yadro uloqtirish turlari bo‘yicha kechadigan bellashuvlarda Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlari chempioni va rekordchisi Xusniddin Norbekov, nayza uloqtirish bo‘yicha Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlari xamda Boku-2017 “Islom birdamlik o‘yinlari” rekordchisi va oltin medallari sohibi Aleksandr Svechnikov, 100 va 200 metrga yugurish bo‘yicha Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi Mansur Abdurashidov, 400 va 1500 metrga yugurish bo‘yicha Incheon-2014 Paraosiyo o‘yinlarida 2 ta oltin medal egasi Ma’rufjon Murodullayev hamda uzunlikka sakrash bo‘yicha Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlari bronza medali va Boku-2017 “Islom birdamlik o‘yinlari” oltin medallari sohibi Doniyor Soliyevlar tumanli albiondagi jahon chempionatida ham o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.

Ayollar o‘rtasida kechadigan bellashuvda esa hamyurtlarimizdan yadro uloqtirish bo‘yicha Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sohibasi Sofiya Burxanova hamda nayza uloqtirish bo‘yicha Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlari rekordchisi va oltin medal sohibasi Nozimaxon Qayumova yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Bugun, jahon chempionatining birinchi kunida hamyurtlarimizdan birinchi bo‘lib Mansur Abdurashidov musobaqadagi ishtirokini boshlaydi. U 100 metrga yugurish bo‘yicha saralash bosqichida startga chiqadi. Ertaga, 15 iyun sanasida esa bir yo‘la uch nafar yurtdoshimiz o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. Xusniddin Norbekov disk uloqtirish, Ma’rufjon Murodullayev 1500 metrga hamda Mansur Abdurashidov 100 metrga yugurish bo‘yicha final bahslarida medallar uchun kurash olib borishadi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Britaniyadagi jahon chempionatida ishtirok etadigan mamlakatimiz paralimpiyachilariga omad va muvaffaqiyatlar tilab, ularning musobaqadan medallar shodasi va yorug‘ yuz bilan qaytishlariga umid qilib qoladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:26, 14.07.2017.
O'qildi: 4541 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.