Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Messi “Real” va Ronaldu haqida nima deydi?

Messi “Real” va Ronaldu haqida nima deydi?

Baho:
+1 | -

Argentinalik superhujumchi Lionel Messi 24 iyun kuni 30 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan “Barselona” va Argentina termasi futbolchisiga tegishli iqtiboslardan eng yorqinlarini tanlab, e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

Bolaligi haqida
– Kichkinaligimda do‘stlarim doim meni sayr qilishga chaqirishar, ammo ertaga mashg‘ulotlar kutib turganini bilganim uchun ko‘pincha ularga rad javobini berardim. Hozirgacha ushbu holat saqlanib qolgan.

Vatani haqida
– 12 yildan buyon Barselonadaman, ammo hamon argentinalikman. Garchi ayrim hamyurtlarimning bu boradagi fikrlari boshqacha bo‘lsa-da.

Futbolga muhabbati haqida
– Hozirgacha o‘zimni hamon onamdan to‘pni so‘rab olib, ko‘chaga oshiqadigan bolakaydek his qilaman. Qachonki, shu tuyg‘u yo‘qolsa, futboldan ketaman.

Kamgapligi haqida
– Mening o‘rnimga oyoqlarim gapiradi.

Maqsadlari haqida
– Maqsadim – hozirgi jamoam bilan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish.

Individual mukofotlari haqida
– Mukofotlar – bu yaxshi, ammo ular meni emas, jurnalistlarni o‘ylantirishi kerak.

Hal qiluvchi bahslar haqida
– Har bir uchrashuvda bir xil o‘ynayman – xuddi finalda to‘p surayotgandek.

Maqtovlar haqida
– Bir safar o‘yindan so‘ng “Arsenal” futbolchisi yonimga kelib, men bilan maydonda to‘p surganidan faxrlanishini aytdi. Bu gaplarni hozirgina yutqazgan jamoa vakili aytayotgani ajablanarli.

Pullar haqida
– Mabodo “Barselona” menga maosh berishni to‘xtatsa, tekinga o‘ynashga tayyorman. Albatta, moddiy rag‘bat hayotni yanada qulay qiladi, ammo men bundan ilhomlanmayman.

Tashqi ko‘rinishi haqida
– Jimjimador soch turmagi yoki o‘zgacha ko‘rinish shartmas. Shunchaki, to‘pni bering va nimani eplashimni ko‘rsataman.

Barselonaning maqsadi haqida
– Klubimizning maqsadi bitta – imkon qadar ko‘proq turnirlarda zafar quchish.

Barselonadan ketishi haqida
– “Barsa”dan ketasanmi?”, deb so‘ramang. Chunki menda boshqa jamoada o‘ynash istagi umuman yo‘q.

Birinchi farzandi haqida
– Tyago tug‘ilgach, hayotim ancha o‘zgardi. Hozir u men uchun eng muhim insondir. Fikru xayolim doim o‘g‘limda bo‘ladi.

Haydovchilik haqida
– Mashg‘ulotga ketayotganimda, avtomobil tezligini oshirmaslikka intilaman. Umuman olganda, mashina haydashdan rohatlanaman.

Kundalik hayoti haqida
– Xohlasam, ko‘chada boshqalarga o‘zimni sezdirmasligim mumkin. Sayrga kam chiqaman, ammo buni ko‘proq oilam davrasida bo‘lishni xohlaganim uchun qilaman.

Hayotdagi eng muhim narsa haqida
– Men uchun jahonning eng kuchli futbolchisiga aylanishdan ko‘ra, yaxshi inson bo‘lish muhimroq.

Real haqida

Davomi

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 14:43, 15.07.2017.
O'qildi: 26919 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.