Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Qozog‘iston futbol federasiyasi amaldori O‘zbekiston terma jamoasining JCH–2026 uchun tarkibiga baho berdi

Qozog‘iston futbol federasiyasi amaldori O‘zbekiston terma jamoasining JCH–2026 uchun tarkibiga baho berdi

Baho:
+ | -

Qozog‘iston futbol federasiyasi huzuridagi Futzal assosiasiyasi prezidenti Nursulton Qurman O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, jamoaning mundialga chiqqaniyoq o‘zbek futboli tarixidagi ulkan voqeadir.

«Biz Kannavaroni yaxshi bilamiz. Bu baribir o‘rtoqlik uchrashuvi, shuning uchun yosh futbolchilarga katta jismoniy yuklamalar berilmoqda. Shu bois ayrimlarga og‘irlik qilishi mumkin. Hozircha jamoa 100 foiz optimal holatda, deb bo‘lmaydi. Ammo menimcha, rasmiy o‘yinlar boshlanishiga qadar ular yaxshi holatga kelib olishadi.

Hozir O‘zbekiston terma jamoasida shartli ravishda “oltin avlod” vakillari bor. Masalan, Eldor Shomurodov, Abduqodir Husanov va Abbosbek Fayzullayev. Odatda ko‘pchilik shu uch futbolchini tilga oladi, ammo aslida har bir pozisiyada yuqori saviyadagi o‘yinchilar bor. Ular Osiyo darajasida ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda va Kannavaroning talablarini o‘z pozisiyalarida bajarishmoqda.

Menimcha, O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqqanining o‘zi katta yutuq. Hatto uchinchi o‘rin orqali pley-offga chiqishsa ham, bu muvaffaqiyat bo‘ladi. Agar guruhdan chiqa olmasalar ham, bu O‘zbekiston uchun fojia emas. Aksincha, bu o‘zbek futboli tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan birinchi tajriba bo‘ladi. Buni haqiqiy tarixiy voqea deb atash mumkin», — dedi Qurman.

Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi K guruhidan joy olgan bo‘lib, unda Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Jamoamiz mundialdagi ilk uchrashuvini 18 iyun kuni Meksikaning Mexiko shahridagi «Asteka» stadionida Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 21:14, 08.06.2026.
O'qildi: 5500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик