Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Mario Manjukich: «Bonuchchi va Alvesdan qutulib, «Yuventus» juda to‘g‘ri qildi»

Mario Manjukich: «Bonuchchi va Alvesdan qutulib, «Yuventus» juda to‘g‘ri qildi»

Baho:
+-1 | -1

«Yuventus» hujumchisi Mario Manjukich Chempionlar ligasi finalidan oldin Leonardo Bonuchchi va Dani Alves o‘rtasida yuzaga kelgan janjal haqida gapirib berdi.

«Chempionlar ligasi finalidan oldin «Yuventus» kiyinish xonasida yuz bergan janjalni aytib bermoqchiman. Uni Bonuchchi va Alves yuzaga keltirishdi. Yaxshiyamki, ular jamoani tark etdi.

Har ikkalasi o‘yin paytida ham tinmasdan tortishardi. Chunki ularning fe’li bir-biriga qarama-qarshi edi. Final kuni esa haqiqiy tomoshaning guvohi bo‘ldik.

Biz kiyinish xonasiga kirib, odatdagidek, o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgandik. Shunda Dani Alves Samba Do Janeiro musiqasini quloqni qomatga keltirish darajasida baland qo‘yib, stol ustiga chiqib, raqsga tusha boshladi.

Lyeo esa bunga chidolmadi va musiqani o‘chirmasang, oyog‘ingni sindiraman deb baqirdi. Dani esa Chempionlar ligasi finalini yutqazsa ham, unda uchta kubok qolishini, Bonuchchida esa birortasi yo‘qligini aytdi. Shundan so‘ng, har ikkalasi ham quyushqondan chiqib ketdi. Leo Danini yoqasidan ushlab, urmoqchi bo‘lib turganida, Allegri ularning orasiga tushdi va janjalni kim boshlaganining unga ahamiyati yo‘qligini, o‘yindan so‘ng, har ikkalasini ham haydab yuborishini aytdi. Bu juda to‘g‘ri qaror edi.

Dani Alves bilan Bonuchchining ketishini xotirjam qabul qildik. Hozir jamoada muhit juda yaxshi, janjal ham, baland ovozli musiqalar ham yo‘q. Bu narsalar bizga har doim halaqit berib kelgan edi» - dedi Manjukich Football Italia xabarida.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 18:53, 15.07.2017.
O'qildi: 14483 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик