Senegal poytaxti Dakar shahridagi stadionda fojia yuz berdi.
Futbol o‘yinidan so‘ng, stadion devorining qulab tushishi natijasida 8 inson hayotdan ko‘z yumdi, 50 nafarga yaqini tan jarohatini oldi, deb xabar bermoqda APS.
Devorning qulab tushishiga chiqish eshiklari oldida yuzaga kelgan tiqilinch sabab bo‘lgan.