Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Rojer Federer 8-marta «Uimbldon» g‘olibi bo‘ldi

Rojer Federer 8-marta «Uimbldon» g‘olibi bo‘ldi

Baho:
+ | -

Shveysariyalik tennischi Rojer Federer o‘z faoliyatida 8-marta Angliya ochiq chempionatida g‘alaba qozondi.

«Uimbldon» turniri finalida u Marin Chilichga qarshi kortga chiqib, 1 soatu 41 daqiqa davom etgan bahsda 3:0 (6:3, 6:1, 6:4) hisobida yutuqqa erishdi.

Natijada, Federer «Uimbldon»dagi sakkizinchi, «Katta dubulg‘a» turkumidagi musobaqada esa 19-g‘alabani qo‘lga kiritib, mutloq rekordchiga aylandi. U Angliyadagi kortlarda chempion bo‘lish bo‘yicha Pit Samprasdan o‘tib ketdi (7 marta), ammo Martina Navratilovadan ortda qolmoqda (9).
Federer bungacha 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009 va 2012 yillarda Uimbldonda g‘olib bo‘lgandi.

London (Buyuk Britaniya)
Wimbledon
Mukofot jamg‘armasi 31 600 000 funtov
Ochiq kortlar, maysa
Erkaklar
Yakkalik bahs
Final
Rojer Federer (SHveysariya, 3) – Marin Chilich (Xorvatiya, 7) – 3:0 (6:3, 6:1, 6:4)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:23, 16.07.2017.
O'qildi: 7997 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.